194
14-BOB. ELEKTR TA’MINOTI TIZIMIDA ENERGIYANI
TEJASH MASALALARI
14.1. Energiya resurslaridan oqilona foydalanishning davlat
siyosati darajasida ekanligi.
Chiqarilayotgan mahsulotning energiya sig‘imdorligini pasaytirish
maqsadida Respublikada energiya tejamlash
doirasida davlat siyosatini
o‘tkazish uchun asos hisoblangan energiya tejamlashning ustuvor
yo‘nalishlari ishlab chiqilmoqda.
Ustuvor texnik yo‘nalishlar, Respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan
energiya tejamlash bo‘yicha tadbirlar ro‘yxati va energiya tejamlashning
hududiy dasturi, sohalar doirasidagi energo samaradorlik loyihalarini
investitsiya qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Energiya tejamlash sohasida ustuvor yo‘nalishlarga quyidagilar
kiradi:
Tashkiliy – iqtisodiy yo‘nalishlar:
1.
Noan’anaviy va tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish
to‘g‘risidagi qonunni ishlab-chiqish va qabul qilish;
2.
Yoqilg‘i-energetika resurslarini ishlab chiqish va foydalanish
doirasida me’yoriy huquqiy bazani
takomillashtirish;
3.
Davlat sektorida energiya tejamlashni moliyalashning yangi bozor
mexanizimlarini rivojlantirish;
4.
Energiya tejamlashning respublika, soha
va ratsional dasturlarini
ishlab chiqish va bajarish mexanizmining samaradorligini oshirish;
5.
Soha iqtisodiyoti va loyihaviy rivojlantirishning energetik
samaradorligini, davlat ekspertizasini takomillashtirish;
6.
Energetik ko‘ruvdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha rejalashtirilgan
tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish ustida nazoratni ta’minlash. YOER
sarfining rivojlanish - me’yorlash tizimini rivojlantirish.
195
7.
Mahsulotni energo sig‘imdorligi va energiya iste’moli bo‘yicha
sertifikatlash;
8.
Qaytarish asosida innovatsion fond mablag‘idan energiya tejamlash
tadbirlarini moliyalashtirish ulushini ko‘paytirish;
9.
Energiya samarador innovatsion loyihalarni tatbiq etish uchun bank
kreditlaridan foydalanishning kengaytirish sharoitlarini
yaratish;
10.
Ilmiy texnik dasturi ko‘lamida ishlab chiqarilgan yangi energiya
samarador texnologiyalar, jihoz va materiallarini faol tatbiq etish;
11.
Hamma joylardagi tashkilotlarda energiya tejamlashning maxsus
rag‘batlantirish. Bu rag‘batlantirish davlat xo‘jalik hisobidagi tashkilotlari
va byudjet mablag‘lari
hisobiga amalga oshiriladi;
12.
Noan’anaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini, keng
masshtabda tatbiq etish uchun, ularning xarajatini qoplash muddatini
pasaytirish maqsadida iqtisodiy va institutsional
sharoitlarni yaratish;
13.
Energiya tejamlash doirasi uchun kadrlar bilimi va tayyorgarligi
sifatini oshirish, hamda O‘zbekistonda energiya tejamlash faoliyatining
axborot ta’minotini oshirish.
Dostları ilə paylaş: