195
7.
Mahsulotni energo sig‘imdorligi va energiya iste’moli bo‘yicha
sertifikatlash;
8.
Qaytarish asosida innovatsion fond mablag‘idan energiya tejamlash
tadbirlarini moliyalashtirish ulushini ko‘paytirish;
9.
Energiya samarador innovatsion loyihalarni tatbiq etish uchun bank
kreditlaridan foydalanishning kengaytirish sharoitlarini yaratish;
10.
Ilmiy texnik dasturi ko‘lamida ishlab chiqarilgan yangi energiya
samarador texnologiyalar, jihoz va materiallarini faol tatbiq etish;
11.
Hamma joylardagi tashkilotlarda energiya tejamlashning maxsus
rag‘batlantirish. Bu rag‘batlantirish davlat xo‘jalik hisobidagi tashkilotlari
va byudjet mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;
12.
Noan’anaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini, keng
masshtabda tatbiq etish uchun, ularning xarajatini qoplash muddatini
pasaytirish maqsadida iqtisodiy va institutsional sharoitlarni yaratish;
13.
Energiya tejamlash doirasi uchun kadrlar bilimi va tayyorgarligi
sifatini oshirish, hamda O‘zbekistonda energiya tejamlash faoliyatining
axborot ta’minotini oshirish.
Dostları ilə paylaş: