199
1)
Foyda va eskirishini qoplash hisobiga to‘planadigan, korxonaning
o‘z mablag‘i;
2)
Soha innovatsion fondi mablag‘lari;
3)
“O‘zbekenergo” DAK ning innovatsion fondi mablag‘lari;
4)
Kreditlar, qarzlar va jalb qilingan mablag‘lar;
5)
Respublika va mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan va
korxonalarni mexanik qayta jihozlashga, noan’anaviy energiya manbalarini
ishlatish
sohasida ilmiy tadqiqot, tajriba va texnologik ishlanmalarni
bajarishga ajratilgan respublika va mahalliy byudjet mablag‘lari;
6)
Aksionerlik mablag‘lari va investitsiyalar.
Chet elda soliqni rostlash sifatida quyidagilar qo‘llaniladi:
korxonalar tomonidan energiya tejamlash bo‘yicha o‘tkaziladigan
tadbirlarning tezkorligi va samaradorligiga bog‘liq holda soliqlarni
differensiallash;
korxona energiyani qaysi manbalardan, an’anaviy yoki noan’anaviy
manbalardan ishlab chiqariladigan energiyadan sotib olishga bog‘liq holda,
soliqlarni differensiallash. An’anaviy manbalardan
ishlab chiqarilayotgan
energiyaning narxi, noan’anaviy manbalardan ishlab chiqarilayotlgan
energiya narxidan past, lekin soliq yuqori.
Shunday qilib, davlat
noan’anaviy energetikani rivojlantirishni rag‘batlantiradi.
Yoqilg‘iga bo‘lgan baholar va soliqlar birinchi navbatda davlat
byudjetini to‘ldirishga manba bo‘lib, ikkinchi tomondan iste’molchilarni
uni sarfini pasaytirishga harakat qilishga ta’sir ko‘rsatadi.
Natijada
yoqilg‘ini kam sarf qiladigan jihozlarga talab ortadi, bozor esa talabni
ortishiga
javob berib, bunday jihozlarni ko‘plab ishlab chiqarishga olib
keladi. Shunday qilib davlat yoqilg‘iga narxlarni va soliqlarni o‘rnatish
bilan, bilvosita sanoat ishlab chiqarishda texnologiyalarni yangilashga
ta’sir ko‘rsatadi.
200
Moliyaviy-iqtisodiy boshqarishning yana bir muhim qurollaridan biri,
energetikaga bo‘lgan tariflarni shakllantirishdir (4.1. ga qarang).
Chet elda tarifli rostlash sifatida iste’molchilarning
barcha toifalari
uchun
kechayu-kunduz,
vaqt bo‘yicha tariflarni differensiallash
qo‘llaniladi va bunda kunduzgi, tungi tariflar farqi besh karra o‘lchamga
teng.
Dostları ilə paylaş: