14.3.
Energetik tekshiruv o’tkazish – energiya tejamkorligi asosi.
Energiyadan oqilona foydalanishga doir me’yoriy hujjatlar, texnikaviy
qoidalar va normalar energiya hosil qilishni boshqaruvchilar va uni
sarflovchilarning barchasi uchun majburiydir.
Energiyaning sifati tegishli me’yoriy hujjatlarda belgilangan
talablarga muvofiq bo‘lishi lozim. Energiya, energiya hosil qiladigan va
uni sarflaydigan yoki energiyani bir turdan boshqa turga aylantirib
beradigan asbob-uskunalar va mahsulotlar, transport vositalari, qurilish,
yo‘lsozlik va qishloq xo‘jalik mashinalari, yoritish texnikasi qurilmalari,
isitish, harorat va namlikni bir xilda saqlab turish hamda havoni
almashtirish tizimlari, xalq iste’moli mollari, shuningdek boshqa issiqlik
o‘tkazmaydigan materiallar va qurilish konstruksiyalari energiyadan
oqilona foydalanish sohasidagi standartlash obektlaridir.
Energiya hosil qilish va mahsulot ishlab chiqarish texnologiya
jarayonlari va ishlarni bajarish uchun energiya sarfi ko‘rsatkichlarining
majmui va qiymati standartlash predmetlaridir.
Energiya jihatidan samaradorlik hamda energiya sifatining me’yoriy
hujjatlarda belgilangan koʻrsatkichlariga rioya etilishi ustidan davlat
tekshiruvi va nazorati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi O‘zbekiston davlat Standartlash, metrologiya va sertifikatlash
markazi (matnda bundan buyon “Oʻzdavstandart” deb yuritiladi) hamda
boshqa idoralar zimmasiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
yuklanadi.
Ushbu Qonunning 5-moddasining birinchi qismida sanab o‘tilgan
obektlar uchun energiya sarflash me’yorlarini O‘zbekiston Respublikasi
hukumati yoki u vakolat bergan idoralar belgilaydi. Energiya sarflash
206
me’yorlari energiya hosil qiluvchi va uni ishlatuvchi asbob-uskunalar
hamda mahsulotlarning texnik pasportlariga, tuzatish-ta’mirlash va rejim
varaqlariga, ulardan foydalanish yo‘riqnomalariga kiritiladi. Binolar va
inshootlarni isitish, ularninig havosini almashtirish harorati va namligini
bir xilda saqlab turish uchun energiya sarfi me’yorlari qurilish normalari
va
qoidalarida belgilab qo‘yiladi. Energiya sarflash me’yorlari har besh yilda
qayta ko‘rib chiqiladi va ilg‘or texnologiya yutuqlarini hisobga olgan holda
o‘zgartirilishi
lozim.
Quyidagilar
energiya
jihatdan
samarali
ko‘rsatkichlariga muvofiqlik bo‘yicha majburiy sertifikatlashtiriladi:
- energetika resurslari;
- ommabop mahsulotlar ishlab chiqarish va ularga xizmatlar
ko‘rsatish;
- energiya hosil qiluvchi va uni ishlatuvchi asbob-uskunalar hamda
mahsulotlar.
Majburiy sertifikatlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga
oshiriladi.
Tayyorlanayotgan
asbob-uskunalarning,
shu
jumladan,
ro‘zg‘orda foydalanish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar me’yoriy
hujjatlarning energiya jihatdan samaradorlik ko‘rsatkichlariga doir qismida
belgilangan talablarga muvofiqligi ishlab chiqaruvchi tamonidan uni
albatta tamg‘alash yo‘li bilan tasdiqlanadi.
Energiya hosil qilish va uni sarflash chog‘ida, shuningdek, energiyani
sertifikatlash paytida majburiy davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati
amalga oshiriladi.
Energiyadan oqilona foydalanishni davlat tomonidan metrologik
ta’minlash energiya hosil qilish va uni sarflash chog‘ida o‘lchashning bir
xilligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar me’yoriy hujjatlar
majmuini nazarda tutadi.
207
Quyidagilar energiya hosil qilish va uni sarflash ustidan davlat
metrologiya tekshiruvi va nazorati obektlaridir:
- o‘lchov vositalari;
- axborot-o‘lchov tizimlari;
- moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart
namunalari;
- energiyani va energiya manbalarini hisobga olish majmui hamda
tarmoqlari;
- o‘lchash uslublari;
- metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan boshqa
obektlar.
Energiyadan oqilona foydalanish tizimini ta’minlash ustidan davlat
metrologiya tekshiruvi va nazorati “O‘zdavstandart” zimmasiga
yuklatiladi.
Quydagilar energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat
siyosatining asosiy yo‘nalishlari sanaladi:
- aniq maqsadga qaratilgan milliy, tarmoq va mintaqa dasturlari
hamda loyihalarni ro‘yobga chiqarish milliy iqtisodiyotni jadal
rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan energiya hosil qilishni va uni sarflashni
barqarorlashtirish;
- energiya hosil qilish va uni sarflash rejimlarini eng maqbul darajaga
keltirish, liniyaning hisobga olinishini tashkil etish;
- energiya tejamkor asbob-uskunalar va energiya kam sarflanadigan
mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish;
- energiya hosil qiluvchi va uni ishlatuvchi asbob-uskunalar hamda
mahsulotga taalluqli me’yoriy hujjatlarga energiya jihatidan samaradorlik
koʻrsatkichlarini kiritish;
208
- energiya sifati, ishlab chiqarishning energiya sarflanishi jihatidan
samaradorligi va mahsulotga energiya sarfi miqdori ustidan davlat
tekshiruvi va nazoratini tashkil etish;
- korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning energiya jihatidan
samaradorligi tekshirib borilishini tashkil etish;
- mahsulotlarning, ishlab turgan va qayta qurilayotgan obektlar,
texnologiya va asbob-uskunalarning energetika ekspertizasini o‘tkazish;
- energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan loyihalarni ro‘yobga chiqarish
uchun energiya jihatidan samaradorlik namoyish etiladigan zonalar barpo
etish;
- energiya jihatidan samarador va ekologik jihatdan sof texnologiyalar
va ishlab chiqarishlarni rivojlantirishni rag‘batlantirish;
- energiya hosil qilish va uni sarflash ustidan statistika kuzatuvini
tashkil etish.
Energiyadan oqilona foydalanish bo‘yicha davlat siyosatini amalga
oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hukumati:
- energiyadan oqilona foydalanishga qaratilgan dasturlar va
loyihalarni ishlab chiqadi hamda ularni ro‘yobga chiqaradi;
- energiya tejamli sarflanadigan dasturlar va loyihalarni ishlab chiqish
hamda ularni ro‘yobga oshirishda vazirlik, idora, korxona, muassasalar va
tashkilotlarning, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumati,
viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati idoralarining faoliyatini
muvofiqlashtiradi;
- energiya jihatidan samarali texnika va mahsulotlar, ilg‘or
texnologiya, bu sohadagi boshqaruv usullari va ilmiy tadqiqotlarni joriy
etish bo‘yicha ikkilamchi energiya resurslari va chiqindilardan foydalanish
bo‘yicha loyihalar, shuningdek, boshqa quyosh, shamol, suv oqimlarining
tabiiy harakati energiyasi va boshqa energiya manbalaridan (matnda
209
bundan buyon qayta tiklanadigan energiya manbalar deb yuritiladi)
foydalanadigan texnologiyalar ro‘yobga chiqarilishiga ko‘maklashadi;
- energiyani hisobga olish, uni nazorat qilish va boshqarish asboblarini
energiya jihatidan samarali va ekologik jihatdan xavfsiz energetika
qurilmalarini ishlab chiqaruvchi sanoat bazasini rivojlantirilishiga yordam
beradi;
- energetika tadqiqotlari va ekspertizalari sohasidagi faoliyatga
litsenziya beradi;
- energiya sarflashning maxsus rejimini o‘rnatishga rozilik beradi;
- energiyadan oqilona foydalanish va energetika asbob-uskunalarini
ishlatish masalalari bo‘yicha kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash
tizimini yaratishga ko‘maklashadi;
- jamoatchilikni energiyadan foydalanish samaradorligi to‘g‘risida
xabardor qilib boradi;
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi aniq maqsadga qaratilgan
milliy, tarmoq va mintaqaviy dasturlar hamda loyihalar bu boradagi davlat
siyosatini amalga oshirishda majburiy bo‘lib, quyidagilar uning
tashabbuskori bo‘ladilar:
- O‘zbekiston Respublikasi hukumati, vazirlik va idoralar;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumati, viloyatlar va Toshkent
shahar hokimiyati idoralari.
Aniq maqsadga qaratilgan milliy, tarmoq va mintaqaviy dasturlar
hamda loyihalar besh yil va undan uzoqroq muddat uchun ishlab chiqiladi,
O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan tasdiqlanadi va ustuvor
hisoblanadi. Ularni ro‘yobga chiqarish mas’uliyati O‘zbekiston
Respublikasi hukumati, vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat
hokimiyatining tegishli idoralari zimmasiga yuklatiladi.
210
Energetika tekshiruvlari energiya hosil qilish va uni sarflash
samaradorligini baholash maqsadida o‘tkaziladi. Har yili umumiy hajmi 6
ming tonnadan ortiq shartli yoqilg‘i yoki ming tonnadan ortiq motor
yoqilg‘isiga teng energiya resurslarini satflaydigan korxona, muassasa va
tashkilotlar majburiy energetika tekshiruvlaridan o‘tkaziladi.
Energetika tekshiruvlarini o‘tkazish tartibi va muddatlarini
O‘zbekiston Respublikasi hukumati belgilaydi. Energiya hosil qiluvchi va
uni sarflaydigan asbob-uskunalar, shuningdek, boshqa ishlab chiqarilishida
energiyadan foydalaniladigan mahsulotlar energiya jihatidan samaradorligi
va
eneigiya
sarflanishi
miqdorini
baholash
uchun
energetika
ekspertizasidan o‘tkaziladi.
Yangi qurilayotgan va qaytadan tiklanayotgan obektlarning,
texnologiya va asbob-uskunalarning loyiha hujjatlarini energetika
ekspertizasidan o‘tkazish majburiy. Energetika ekspertizasi O‘zbekiston
Respublikasi hukumati belgilaydigan tartibda o‘tkaziladi. Bunda hosil
qilinadigan va sarflanadigan energiyaning jami hajmi albatta hisobga
olinadi. Energiyani hisobga olish tartibi va uni asboblar bilan ta’minlash
qoidalari, elektr va issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, neftni qayta ishlash
mahsulotlaridan foydalanish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi hukumati
tomonidan belgilanadi. Ular energiyani hisobga olish me’yoriy hujjatlarida
belgilangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Energiya hisobi to‘g‘ri yuritilishi uchun javobgarlik korxona,
muassasa va tashkilotlar rahbarlarining yoki shunga vakolat berilgan
boshqa shaxslarning zimmasiga yuklatiladi. Energiya hosil qilish va uni
sarflash hajmi hamda uning tarkibiy tuzilishi, energiyadan oqilona
foydalanilishing ustidan statistika kuzatuvini O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining istiqbolini belgilash va statistika davlat qo‘mitasi
211
O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan belgilangan tartibda tashkil
etadi va amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: |