14.2.
Energiya balansi va uning turlari
Energetika sohasida bozor islohotlarini chuqurlashtirish, energetika
tarmoqlari korxonalarini boshqarishni takomillashtirish va ularning ish
samaradorligini oshirish hamda shu asosda mamlakat energetika tizimining
barqaror ishlashini ta’minlash, iqtisodiyot va aholining elektr energiyaga
bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida quyidagilar mazkur sohaning
ustuvor yo‘nalishlari deb hisoblansin:
1. Energetika tarmoqlarini monopoliyadan chiqarish tadbirlarini izchil
amalga oshirish, davlat tomonidan tartibga solish darajasini pasaytirish,
elektr energiyani sotish sohasida raqobat muhitini yaratish, xo‘jalik
yurituvchi subektlarning elektr uzatish liniyalariga bog‘lanishlari uchun
teng imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratish;
Energetika tarmog‘ining yirik korxonalari–issiqlik elektr stansiyalari,
markazlashtirilgan issiqlik elektr qurilmalari, elektr tarmoqlari korxonalari
va boshqalarni bosqichma-bosqich aksiyalash;
Ijtimoiy infratuzilma obektlarini loyihalash, qurilish-montaj va
tuzatish ishlarini olib boruvchi korxonalar va tashkilotlarni davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, ular negizida nodavlat
shakldagi korxonalar, shu jumladan, xususiy korxonalar tashkil etish;
Energetika korxonalarini aksiyalashtirish, ishlab chiqaruvchi quvvatlar
va elektr tarmoqlarini qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash va
yanada rivojlantirish jarayonlariga chet el sarmoyalarini keng jalb qilish;
201
Elektr ishlab chiqarish, uni uzatish va sotish bo‘yicha boshqaruv
tizimiga va xo‘jalik aloqalariga bozor tamoyillari va mexanizatsiyalarini
joriy etish;
Energetika quvvatlariga ko‘mir sanoatining o‘zaro bog‘liq va munosib
rivojlanishini ta’minlash.
2. Energetika korxonalarini monopoliyadan va davlat tasarrufidan
chiqarish
hamda
aksiyalashtirish
masalalari
bo‘yicha
maxsus
komissiyaning O‘zbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish
vazirligini tugatish va uning tarkibiy bo‘linmalari negizida ochiq
aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik
kompaniyasi (“O‘zbekenergo DAK”)ni tashkil etib, uning tarkibiga
mustaqil yuridik shaxs huquqlari bilan “Ko‘mir” aksiyadorlik
birlashmasini kiritish; “O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi
tuzilmasida elektr energiya uzatish bo‘yicha yuqori kuchlanishli tarmoqlar
sho‘ba korxonasi “O‘zelektrtarmoq”ni tashkil etish;
“O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasining elektr
energiyani taqsimlash va sotish bo‘yicha mintaqviy sho‘ba korxonalarini
tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
3. Quyidagilar “O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasining
asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
-
respublika iqtisodiyoti va aholisini elektr energiya bilan barqaror
ta’minlash, respublika energetika tizimi ish rejimlarini boshqarish va
muvofiqlashtirish;
-
elektr energetikasi va ko‘mir sanoatini rivojlantirishning qisqa
muddatli va uzoq muddatli bashoratlarini hamda maqsadli dasturlarini
ishlab chiqish, elektr energiya va ko‘mir ishlab chiqarish va iste’mol qilish
balanslarini shakllantirish;
202
-
ishlab chiqaruvchi quvvatlar va elektr tarmoqlarini, ko‘mir sanoati
korxonalarini zamonaviy asbob-uskunalar va ilg‘or texnologiyalar asosida,
shu
jumladan,
xorijiy
sarmoyalar
hisobiga
qayta
ta’mirlash,
zamonaviylashtirish, texnika bilan qayta jihozlash va yanada rivojlantirish;
-
ko‘mir
qazib
olish
bo‘yicha
geologiya-qidiruv
ishlarini
muvofiqlashtirish, ko‘mir konlarini ochish va ko‘mir qazib olishning
samarali tizimlari va usullarini joriy etish, uni ishlab chiqarishni
kengaytirish hamda elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda undan
ustun darajasida foydalanish;
-
energiyaning qayta tiklanadigan, shu jumladan, noan’anaviy
manbalarini rivojlantirish va joriy etish;
- respublika korxonalari va tashkilotlari bilan birgalikda elektr
energiya va ko‘mirni tejash, ulardan oqilona foydalanish va
nobudgarchilikni kamaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqilishi va amalga
oshirilishini tashkil etish.
4. Belgilab qo‘yilsinki: “O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik
kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish
vazirligi tomonidan tuzilgan shartnomalar va majburiyatlar bo‘yicha uning
huquqiy vorisi hisoblanadi;
Issiqlik elektr stansiyalari, issiqlik elektr markazlari, elektr
tarmoqlarining viloyat korxonalari bosqichma-bosqich aksiyalarning
nazorat paketini “O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasida
saqlagan holda aksiyadorlik jamiyatlariga aylanib boradilar.
5. Mustaqil elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat agentligi
(“O‘zdavenergonazorat” agentligi) tashkil etilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zdavenergonazorat” agentligi o‘z faoliyatida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
203
6. Quyidagilar elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat
agentligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
- elektr energiya va ko‘mir ishlab chiqarish, tashish va iste’mol qilish
sohasidagi me’yoriy hujjatlar va qoidalarni ishlab chiqish, tasdiqlash
hamda ularning bajarilishini nazorat qilish;
- elektr energiya va ko‘mir ishlab chiqarish, tashishda xavfsizlikni
ta’minlashga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va
ularning amalga oshirilishini tashkil etish;
- loyihalarni ekspertizadan o‘tkazishda hamda elektr energiya ishlab
chiqarish, tashish va iste’mol qilish xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha
yangidan qurilgan obektlarni qabul qilish ishlarida qatnashish;
- yagona elektr tizimiga ulanadigan doimiy elektr stansiyalarda elektr
energiya ishlab chiqarishni belgilangan tartibda lisenziyalash ishini tashkil
etish.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi
boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlariga mazkur farmondan kelib chiqadigan
o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda takliflar
kiritilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston SSSR
energetika va elektrlashtirish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida” 1990-yil
28-sentabrdagi PF-57-son Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur farmonni
amalga oshirish yuzasidan o‘n kun muddatda qaror qabul qilsin.
Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlar ushbu
qonun va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan
tartibga solinadi.
204
Qoraqalpog‘iston Respublikasida energiyadan oqilona foydalanish
sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun
hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning yoqilg‘i qazib olish, yoqilg‘i,
issiqlik va elektr energiya (matnda bundan buyon energiya deb yuritiladi)
hosil qilish, ularni qayta ishlash, saqlash, tashish, taqsimlash va sarflash
(matnda bundan buyon energiya hosil qilish va uni sarflash deb yuritiladi)
bilan bog‘liq faoliyati ushbu qonun amal qiladigan soha hisoblanadi.
Energiyadan oqilona foydalanish sohasini huquqiy tartibga solish:
- energiya hosil qilish va uni sarflash chog‘ida energiyadan samarali
va ekologik jihatdan xavfsiz foydalanilishini ta’minlashga;
- energiya jihatidan samarali texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy
etishni, arzonroq neft mahsulotlari, tabiiy gaz, ko‘mir va boshqa turdagi
tabiiy yoqilg‘ilarni (matnda bundan buyon yoqilg‘i deb yuritiladi) qazib
olish va hosil qilishni rag‘batlantirishga;
- energiya hosil qilish va uni sarflash miqdori hamda sifatini o‘lchash
va hisobga olishning aniq, to‘gri, bir xil bo‘lishini ta’minlashga;
- energiyaning samarali hosil qilinishi va sarflanishi hamda uning
sifati ustidan, energetika asbob-uskunalarining, energiya bilan ta’minlash
va energiyani sarflash tizimlarining texnikaviy holati ustidan davlat
tekshiruvi hamda nazoratini amalga oshirishgu qaratilgandir.
Energiya hosil qiladigan va energiya sarflaydigan asbob-uskunalar
hamda mahsulotga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda energiya
jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlari belgilab qo‘yiladi.
Me’yoriy hujjatlarda energiya hosil qilish va uni sarflash chog‘ida
energiyadan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari, shuningdek, ishlab
chiqarish jarayonlarida energiya sarflanishi, hududlar, binolar va
inshootlarni isitish, harorati va namligini bir xilda saqlab turish, havosini
205
almashtirish, issiqlik, suv, gaz va elektr bilan ta’minlash, elektr bilan
yoritish uchun energiya sarflash ko‘rsatkichlari belgilab qo‘yiladi.
Dostları ilə paylaş: |