O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. U. Raxmonov



Yüklə 2,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/102
tarix14.09.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#143562
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   102
Электр таьминоти асослари Дарслик

Texnik yo‘nalishlar: 
1.
Iqtosodiyotning barcha sohalarida mahsulot ishlab chiqarishning 
yangi energo samarador texnologik jarayonlarini tatbiq etish; 
2.
Elektr generatsiya qiluvchi manbalarning modernizatsiyalash. 
Qozonxonalarda elektr generatsiya qiluvchi jihozlarni harakatga keltirish, 
mini (mitti) IEM yaratish; 
3.
Yuqori va o‘rta haroratli ikkilamchi issiqlik resurslarini issiqlik 
ta’minoti sxemalarida ishlatib, maqsadga muvofiq iqtisodiy samara olishni 
amalga oshirish; 
4.
Issiqlik tarmoqlarini ish samaradorligini oshirish, issiqlik ta’minoti 
sxemasini optimallash, issiqlik yuklamalarini korxona qozonxonalaridan 


196 
IEM larga berish. Uzun issiqlik trassalarini bartaraf qilish, issiqlik 
ta’minotini markazlashtirishdan chiqarish; 
5.
Elektr qozonxonalar va elektr isitkichlarni qozon qurilmalar bilan 
iloji boricha almashtirish; 
6.
Qozonxonalarni ishlash samaradorligini oshirish va modernizatsiya 
qilish; 
7.
O‘zgaruvchan yuklamali mexanizmlarda rostlanuvchi elektr 
yuklamalarni tatbiq etish; 
8.
Siqilgan havo, suyuqlikni ishlab chiqaradigan va foydalaniladigan 
energiya samarador qurilmalarni tatbiq etish;
9.
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va YOER iste’mol 
qilishni boshqarishning avtomatlashgan tizimini tatbiq etish; 
10.
Quvvati 50 MVt dan ortiq bo‘lgan qozonxonalardan xavo 
atmosferasiga chiqarib tashlashni uzluksiz nazorat qilish tizimini tatbiq 
etish; 
11.
Energiya samarador yoritgichlarni va yoritishni boshqarishning 
avtomatik tizimini tatbiq etish; 
12.
Lokal isitish va texnologik jarayonlar uchun infraqizil nurlarni 
qo‘llash. 
Energiya tejamlash davlat siyosatini amalga oshirish uslublari.
Energiya tejamlashni boshqarish (rostlash) usullarini, ishlab chiqarish 
hajmini saqlagan yoki orttirgan holda, yoqilg‘i energetika resurslarining 
iste’molini pasaytirish maqsadida boshqarish hulqi va faoliyatiga ta’sir 
qilish usullaridir. Boshqarishning quyidagi usullari ajratiladi: 

ma’muriy uslub
, davlat boshqaruvining ruxsat berish-ta’qiqlash 
prinsiplaridan foydalanishga asoslangan bo‘lib, uni boshqarish davlat 
tomonidan majbur qilish imkoniyatini ta’minlash bilan bajariladi hamda 


197 
ayrim korxonalar maqsadi uchun muhim, to‘g‘ridan-to‘g‘ri topshirish va 
unga rioya etishni qattiq nazorati bilan bajariladi; 


Yüklə 2,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin