O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. U. Raxmonov


Hisoblagichni turli ish rejimlariga qayta ulanishi



Yüklə 2,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/102
tarix14.09.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#143562
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   102
Электр таьминоти асослари Дарслик

Hisoblagichni turli ish rejimlariga qayta ulanishi. 
1. Hisoblagichda uning ish rejimiga bog‘liq ravishda butun alfavitli-
raqamli axborotlar chiqariladigan bir satrli o‘n ikki darajali SKI 
qo‘llanilgan.
“Asosiy ish rejimi” da SKI da joriy sana va vaqt siklik ma’lumotlar 
aks ettiriladi, shuningdek, hisoblagich o‘rnatilgan vaqtdan boshlab hisobga 
olingan elektr energiyaning umumiy miqdori doimo aks ettiriladi.
Hisobga olingan elektr energiya haqida axborotlarni aks ettirilishi
dasturlashtirilgan rejimga bog‘liq ravishda 6 formatda va verguldan keyin 
1 tagacha (000000,0) yoki 6 va 2 ta belgi (00000,00) bo‘lishi mumkin. 
Izoh. To‘lib ketishda (999999,9) hisobga olingan energiyaning keyigi 
ko‘rsatilishi noldan (000000,0) boshlanadi, lekin hisoblagich xotirasida nol 
orqali o‘tmaydigan yig‘indi qiymat saqlanadi. Bu qiymat interfeys 
kanallari orqali hisoblarga so‘rov berilganda o‘qilishi mumkin. 
Joriy vaqt aks ettirilishida SKI birinchi darajada yonadigan raqam 
hafta kunlarining tartibini bildiradi: 1 – dushanba, 2 – seshanba va h.k.. 
2. Hisoblagichda “Ish” yorug‘lik diodili indikator mavjud. Bu 
yorug‘lik diodining pirpirashi energiya iste’moli haqida signal beradi
bunda pirpirash chastotasi quvvat ortishi bilan ortadi. 
3. Hisoblagichda “Limit” yorug‘lik-diodli indikator mavjud. Bu 
yorug‘lik diodining yonmasligi to‘lovni o‘z vaqtida va yetarli darajada 
amalga oshirilmaganligi haqida signal beradi. Bu yorug‘lik diodining 
pirpirashi to‘lov qoldig‘ining nolga yaqinlashayotganligi haqida xabar 
beradi va yaqin vaqtda to‘lovlarni qabul qilish bo‘limlariga borish 
zarurligini bildiradi. Bu yorug‘lik diodining tekis yonishi kiritilgan to‘lovni 


189 
to‘liq ishlatib bo‘linganligini bildiradi, agar avtomatik o‘chirish rejimi 
dasturlashtirilgan bo‘lsa hisoblagichdan yuklamani avtomatik uzilishi 
mumkinligini bildiradi. 
4. Hisoblagichda “Kontaktor” yorug‘lik diodli indikator mavjud. Bu 
yorug‘lik diodining yonmasligi oldindan to‘lov bilan boshqariladigan 
kontaktorning yoqilgan holati haqida (yuklama elektr tarmoqqa ulangan), 
yonishi esa o‘chirilgani haqida (yuklama uzilgan) signal beradi. 
5. Optoport orqali hisoblagichni ochish yoki yopishga ruxsat berish 
imkoniyati mavjud. Ruxsat berish “Konsol”dasturi buyrug‘i yordamida 
ochilishi yoki yopilishi mumkin. Agar ruxsat berish yopiq bo‘lsa, optoport 
orqali qandaydir axborotni o‘qish yoki yozish mumkin bo‘lmay qoladi 
(xususan, parametrlarni almashtirish qurilmasi yordamida). 
6. Optoport orqali ruxsat berish hisoblagich SKI ida “SERVIS” rejimi 
menyusi bo‘limida quyidagi yozuvlar orqali ko‘rsatiladi: 
Opto yes ­ ruxsat berish ochiq. 
Opto no ­ ruxsat berish yopiq. 
4.
Elektr 
energiyasini 
hisobga 
olish 
ko‘rsatkichlari 
to‘g‘ridan­to‘g‘ri kilovatt­soatlarda, ko‘rsatkichning darajalari soni 
quyidagi formatda: 
1)
00000,00 ­ vergulgacha oltita belgi, keyin ikkita belgi; 
2)
000000,0 ­ vergulgacha etita belgi, keyin bitta belgi. 

Yüklə 2,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin