«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 5)
Jumodu-l-avval;
6)
Jumodu-s-soniy - bu ikki oy qish kunlariga, sovuq qattiq bo‘lib,
suv muzlagan paytini anglatuvchi arabcha «jamoda» so‘zidan olingan
bo’lib, «qotib qolmoq», muzlamoq ma'nosini beradi;
7)
Rajab - arablar bu oyni ulug'laydilar, yana bu oyni «kar oyi» ham
deb nomlaydilar, chunki bular bu oyda urush ovozini eshitmasdilar.
8)
Sha’bon - «tashaaba» so’zidan olingan boiib, «tarqalmoq» ma’
nosini beradi.
9)
Ramazón - «yondirmoq», «jazirama oy» ma’nolarini anglatadi.
Bu oy yozning eng issiq paytiga to‘g‘ri kelgani uchun shunday atalgan;
10)
Shavvol - «ko’tariimoq», «olib bormoq», «ko'chirmoq» ma'nolarini beradi.
Arab qabilalari bu oyda o‘z joylaridan ko’chib ketardi, shuning
uchun shavvol deb nomlangan;
11)
Zulqa’da - «o^irmoq», «uyda qolmoq» ma’nolarini anglatadi. Bu
oyda urushlar bo‘lmaydi;
12)
Zulhijja - «haj» so‘zidan olinib, «haj qilish» ma’nosini beradi.
Arablar bu oyda haj qilganlar.
Oylar navbat bilan «to‘liq» (30 kun - toq son) va «to’liq bo’lmagan»
(29 kun - juft son) oylarga bo’linadi. Yillar oddiy yil (354 kunlik) va
kabisa yili (355 kunlik) joriy qilingan. Kabisa yilida qo'shimcha kun yil
oxiriga, ya’ni 12 oyga «zu-l-hijja»ga qo‘shilgan. Islom dini qo'shimcha
kunlarni joriy qilishni taqiqlagan. Arab kalendarida oyning o'n beshinchi
kunigacha masalan, Muharramning o‘ninchi kuni, Rajabning o‘n to'rtinchi
kuni, keyin esa Rajabgacha o‘n to‘rt kun, Rajabgacha besh kun tarzida
hsoblanib keladi, ya'ni oyning birinchi o'n besh kuni oyning boshidan,
keyingi o'n besh kuni esa oyning oxiridan hisoblanadi. Beruniy qadimgi
arab haftalari nomlarini ham keltirib o‘tadi:
1.Yakshanba-Yaum al-ahad 5.Payshanba-Yaum al-xamis
2.Dushanba-Yaumal-isnayn 6.Juma-Yaum al-juma
3.Seshanba-Yaum as-salasa 7.Shanba-Yaum as-sabt
4.Chorshanba-Yaumal-rabaa.
Yakshanbadan payshanbagacha bo’lgan hafta kunlari 1 dan 5 gacha bo’lgan
tartib sonlar ma’nolarini anglatgan.