15
Er-xotinning urishi – doka ro‘molning qurishi. Oilaviy nizolarda uchinchi
tomon va uning manfaatlari. Tomonlar janjalida tomonlar manfaati.
Kompromiss. Nizo va ziddiyatlarda kim past kelishi lozim? Ayol kishiga “Xo‘p
bo‘ladi”, erkak kishiga “Hafa bo‘lma”. Ayollar nazdida erkak kim? Erkaklar
nazdida xotin kim? Adolatparvarlik mezonlari. Manfaatlarning yaqinlashishi.
Sabr-qanoat. O‘zga, ammo yaqin kishisi uchun xizmat qilishlik baxti.
Erkaklarga osonmi, ayollargami? Islom dinida ayol va
er majburiyat va
huquqlari. Oila psixologiyasida nizo davrida o‘zini tutish qonun va qoidalari.
Oilada muomala madaniyati.
10-MAVZU. OILADAGI SHAXSLARARO MUNOSABATLARNING
PSIXOLOGIK ASPEKTLARI: SOG‘LOM MUNOSABATLAR – SOG‘LOM
OILA ASOSIDIR.
Shaxs kim? Shaxs psixologiyasi nima? Sog‘lom munosabatlar nima?
Oilada o‘zaro hurmat. Hamjihatlik. Tinchlik, totuvlik, muammolarni birgalikda
hal etish, yakdillik-sog‘lom munosabatlar asosi ekanligi. Kattaga hurmat
kichikka izzat. Sog‘lom oila bolasidagi Qur’on va hadislarda ta’kidlangan
tamoyillar. Zamonaviy oila nuqtai nazaridan va gender tenglik asoslariga ko‘ra
uy yumushlari va majburiyatlari taqsimoti. O‘zaro yordam. Oiladagi
munosabatlarda vafodorlik, mehr, muruvvat, shirinso‘zlik, bosiqlik,
xotirjamlikning o‘rni. Oila tinchligining buzilishida jizzakilik, qo‘pollik,
beandishalik, vafosizlik, axloqsizlik, hurmatsizlikning oqibatlari. Oilaning
yakdillik bilan bir tomonga qarab harakat qilish strategiyasi.
11-MAVZU. DEVIATSIYA XULQ DIAGNOSTIKASI VA KORREKSIYASI.
SUITSID PREVENSIYASI. AGAR AYOL SUITSID HOLATIGA TUSHGAN
BO‘LSA?
Oilaviy hayotdagi muammoli o‘rinlar. Muloqotdagi xatolarning o‘rni va
oqibatlari. Deviatsiya nima va uning turlari. Deviant xulq-atvorning
namoyon
bo‘lish sabablari: biologik, psixologik, ijtimoiy, iqtisodiy, axloqiy, ma’naviy.
Deviant xulq-atvorli odamlar, xususan erkaklar, xotin-qizlar va
bolalar bilan
16
psixologik amaliyot yuritishning o‘ziga xosligi. Mahallada deviantlik
ko‘rinishlari bilan kurashish tizimi va rejasi. O‘smirlar jinoyatchiligi va uning
zamonaviy xususiyatlari. “Pichoq ko‘tarib yurish” falsafasi. U bizni
muammolarimizni hal qilib beradimi yoki yangi muammolarni
keltirib
chiqaradimi? O‘smirlar deviant xulq-atvorining profilaktikasi. Suitsid nima? O‘z
joniga qasd qilishning islom arkonlarida ta’qiqlanganligi. Birovning
joniga qasd
qilish, butun insoniyatga tahdid ekanligi. Agar ayol suitsid holatiga tushib
qolsa, mutassaddi tashkilotlar vakili nima qilishi kerak? 1. Mutaxassisni
chaqirish. 2. Hamma ishini yig‘ishtirib ayolni suhbatga tortish. 3. Ayolning
barcha dardlarini qanoat bilan eshitish. 4. Hech qanday va’dalar bermaslik,
hech nima yozib olmaslik. 5. Hammasi yaxshi bo‘ladi demaslik. 6. Ayol kishi
tinchlanmaguncha uni yakka qo‘ymaslik. 7. Ayol kishini oilasi bag‘riga sog‘-
omon topshirish.
Dostları ilə paylaş: