Mahalla va oila


-MAVZU. OILAVIY NIZOLARNI OLDINI OLISH USUL, VOSITA VA



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

9-MAVZU. OILAVIY NIZOLARNI OLDINI OLISH USUL, VOSITA VA 
YO‘LLARI. OILA PSIXOLOGIYASIDA NIZO DAVRIDA O‘ZINI TUTISH 
QONUN VA QOIDALARI. OILADA MUOMALA MADANIYATI. 


15
Er-xotinning urishi – doka ro‘molning qurishi. Oilaviy nizolarda uchinchi 
tomon va uning manfaatlari. Tomonlar janjalida tomonlar manfaati. 
Kompromiss. Nizo va ziddiyatlarda kim past kelishi lozim? Ayol kishiga “Xo‘p 
bo‘ladi”, erkak kishiga “Hafa bo‘lma”. Ayollar nazdida erkak kim? Erkaklar 
nazdida xotin kim? Adolatparvarlik mezonlari. Manfaatlarning yaqinlashishi. 
Sabr-qanoat. O‘zga, ammo yaqin kishisi uchun xizmat qilishlik baxti. 
Erkaklarga osonmi, ayollargami? Islom dinida ayol va er majburiyat va 
huquqlari. Oila psixologiyasida nizo davrida o‘zini tutish qonun va qoidalari. 
Oilada muomala madaniyati. 
 
10-MAVZU. OILADAGI SHAXSLARARO MUNOSABATLARNING 
PSIXOLOGIK ASPEKTLARI: SOG‘LOM MUNOSABATLAR – SOG‘LOM 
OILA ASOSIDIR.
Shaxs kim? Shaxs psixologiyasi nima? Sog‘lom munosabatlar nima? 
Oilada o‘zaro hurmat. Hamjihatlik. Tinchlik, totuvlik, muammolarni birgalikda 
hal etish, yakdillik-sog‘lom munosabatlar asosi ekanligi. Kattaga hurmat 
kichikka izzat. Sog‘lom oila bolasidagi Qur’on va hadislarda ta’kidlangan 
tamoyillar. Zamonaviy oila nuqtai nazaridan va gender tenglik asoslariga ko‘ra 
uy yumushlari va majburiyatlari taqsimoti. O‘zaro yordam. Oiladagi 
munosabatlarda vafodorlik, mehr, muruvvat, shirinso‘zlik, bosiqlik, 
xotirjamlikning o‘rni. Oila tinchligining buzilishida jizzakilik, qo‘pollik, 
beandishalik, vafosizlik, axloqsizlik, hurmatsizlikning oqibatlari. Oilaning 
yakdillik bilan bir tomonga qarab harakat qilish strategiyasi. 
11-MAVZU. DEVIATSIYA XULQ DIAGNOSTIKASI VA KORREKSIYASI. 
SUITSID PREVENSIYASI. AGAR AYOL SUITSID HOLATIGA TUSHGAN 
BO‘LSA? 
Oilaviy hayotdagi muammoli o‘rinlar. Muloqotdagi xatolarning o‘rni va 
oqibatlari. Deviatsiya nima va uning turlari. Deviant xulq-atvorning namoyon 
bo‘lish sabablari: biologik, psixologik, ijtimoiy, iqtisodiy, axloqiy, ma’naviy. 
Deviant xulq-atvorli odamlar, xususan erkaklar, xotin-qizlar va bolalar bilan 


16
psixologik amaliyot yuritishning o‘ziga xosligi. Mahallada deviantlik 
ko‘rinishlari bilan kurashish tizimi va rejasi. O‘smirlar jinoyatchiligi va uning 
zamonaviy xususiyatlari. “Pichoq ko‘tarib yurish” falsafasi. U bizni 
muammolarimizni hal qilib beradimi yoki yangi muammolarni keltirib 
chiqaradimi? O‘smirlar deviant xulq-atvorining profilaktikasi. Suitsid nima? O‘z 
joniga qasd qilishning islom arkonlarida ta’qiqlanganligi. Birovning joniga qasd 
qilish, butun insoniyatga tahdid ekanligi. Agar ayol suitsid holatiga tushib 
qolsa, mutassaddi tashkilotlar vakili nima qilishi kerak? 1. Mutaxassisni 
chaqirish. 2. Hamma ishini yig‘ishtirib ayolni suhbatga tortish. 3. Ayolning 
barcha dardlarini qanoat bilan eshitish. 4. Hech qanday va’dalar bermaslik, 
hech nima yozib olmaslik. 5. Hammasi yaxshi bo‘ladi demaslik. 6. Ayol kishi 
tinchlanmaguncha uni yakka qo‘ymaslik. 7. Ayol kishini oilasi bag‘riga sog‘-
omon topshirish. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin