Mahalla va oila



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

Psixolog olimlar M.Fayziyeva va A. Jabborovlarning tadqiqotlari 
natijasiga ko‘ra, oiladagi shaxslararo munosabatlar barqarorligini 
ta’minlashicha

er-xotin o‘rtasida o‘zaro hurmat va ishonchning bo‘lishi (96%),

a’zolarining bir-birini yaxshi tushunishlari (95%),

farzandlar (95%),

muomala odobi (93%),

uning moddiy ta’minlanganligi (92%),

a’zolarining onglilik va ma’naviy-axloqiy mavqei (92%),

unda rollar taqsimotining o‘rinliligi (80%),

jinsiy moslik (74%), uy-joy bilan ta’minlanganlik (72%) muhim 
omillar hisoblanadi. 
Osiyo xalqlari, xususan, o‘zbeklarda ham oila kattaligi va serfarzandligi 
bois, bolalarning kichik yoshdagi rivojlanish xususiyatlariga tabiiy holatday 
qarab, juda katta qayg‘urish bilan uning ma’naviy, ruhiy rivojlanishiga e’tibor 
qaratilmaydi. Lekin qiz bola balog‘atga yetib, ko‘rkamlashib borgani sari, o‘g‘il 
bolaning qo‘lidan ish kelib, qatorga qo‘shilgani sari, ota-onada ulardan 
g‘ururlanish, taqdiriga kuyunish, g‘amxo‘rlik ko‘rsatish ham ortib boradi. 
Bunday g‘amxo‘rlik shu qadarki, uylangan o‘g‘ilning qadam bosishlarini ham 
hamon ota-ona nazorat qilaveradi, bu ba’zan, qaynona-kelin 
munosabatlarida, yoki ota-o‘g‘il munosabatlarida tarangliklarni, nizolarni 
keltirib chiqaradi.
Yuqorida qayd etilgan davrlarda tabiiy, ota-ona farzandlarini tug‘ish, 
tarbiya qilish va jamiyatga tayyorlashda o‘ziga xos metodlarni qo‘llagan. 
Boshida o‘zidan ajratishni, hayotga tayyorlashni ham bilmagan ota-ona bora-
bora bolani jamiyatda ijtimoiylashuviga ahamiyat ortib borgan. O‘z o‘rnida, 
ota-onadagi egoizm shu darajaga etib borganki, hozirgi davrda ko‘pgina ota-


142
onalar farzandlarining faqat o‘zini o‘ylashi, ota-onani tushunmasligidan 
noliydigan ham bo‘lib qolgan. Lekin aslida tarixiy rivojlanish tendensiyalariga 
e’tibor berilsa, bunga faqat ota-onalarning o‘zlari aybdordirlar.

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin