Mahalla va oila


Ijtimoiy me’yordan og‘ishganlik tushunchasi



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

Ijtimoiy me’yordan og‘ishganlik tushunchasi
“ijtimoiy me’yorlar” 
tushunchasi bilan bog‘liq. Ijtimoiy me’yorlar – bu jamiyatning u yoki bu 
davrida, bosqichida maxsus o‘rnatilgan hatti-harakat namunalari yoki yo‘l 
qo‘yilishi mumkin bo‘lgan (ruxsat etiladigan yoki majburiy) qoidalardir.
Umumiy qabul qilingan xulq-atvorga oid qoidalar o‘z tarixiy rivojlanish 
yo‘liga ega. Ular Qadimgi davrlardan ma’lumdir. Jamiyat doimo o‘zini saqlab 
qolishga harakat qilgan. Shu maqsadda insonlar o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlarda turli ijtimoiy cheklashlar: miflar, tabu (mann qilish), an’analar, 
diniy dogmalar (aqidalar) kiritilgan. 
Insoniyat jamiyati doimo murakkablashib va takomillashib borgan. Vaqt 
o‘tishi bilan yanada mustahkamroq huquqiy, ahloqiy me’yorlar vujudga kelib, 
insonlar xulq-atvoriga bo‘lgan munosabatda u yoki bu jamiyatda qabul 
qilingan ahloq va hulqli me’yordan og‘ish holatlari shakllanishiga qarshi 
me’yorlash yuzaga keldi. 
Ijtimoiy me’yorlar ikki katta guruhga bo‘linadi: 
1. Universal me’yorlar, jamiyatdan har bir insonga taalluqli 
me’yorlar. 
2. Xususiy me’yorlar, insonlarni alohida belgilangan kasbiy 
faoliyatlari sohalari yoki insonlar hayotiy faoliyatlari (masalan, shifokor, 
pedagog, aka, do‘st va boshqa) ga taalluqli me’yorlar. 
O‘smirlik yoshida deviatsiya (me’yordan og‘ishlik) holatlari. 
Deviatsiya tiplari. 
O‘smirlik davrini o‘tish bosqichi deb ataydilar. Bolalar yosh 
ko‘rsatkichlari davrida o‘tish bosqichi eng qiyin va murakkab davrdir. Bu 
davrni yana shu sababli ham o‘tish davri deb hisoblaydilarki, bu o‘sish 
bosqichida inson bolalikdan kattalik davriga, bola xarakteridan, yetuk inson 
bo‘lib shakllanadigan bir, o‘ziga xos jarayonlar davriga o‘tiladi. 


151
O‘smirlik yoshida o‘smirning yaxlit hayoti va faoliyati jiddiy o‘zgaradi va 
uning psixikasi qayta shakllanishiga olib keladi, o‘z tengdoshlari bilan o‘zaro 
faoliyatda, munosabatlarining yangi shakllari vujudga keladi. O‘smirning 
jamiyatdagi mavqei, jamoadagi vaziyati, holati almashinadi, unga kattalar 
yuqoriroq talablar qo‘ya boshlaydilar. Bu yosh davrida jinsiy yetilish 
faollashadi, biroq ijtimoiy shakllanishi orqada qoladi. Bu esa jinsiy tarbiyada 
ijtimoiy-psixologik muammolarni vujudga keltiradi. 
O‘smirlik yoshida bolada o‘z-o‘zini anglashga ehtiyoj paydo bo‘ladi. 
“Men kimman?”- savoliga javob berish uni tez-tez bezovta qiladi. Unda o‘z-
o‘ziga qiziqish paydo bo‘ladi. U yoki bu faktlarga unda shaxsiy qarash, 
mulohaza yuritish, o‘z bahosini berish kabi xususiyatlar shakllanadi. Bu 
yoshda vaqtinchalik oila va maktabdan psixologik uzoqlashish holatlari bo‘lib 
turadi. O‘smir shaxsining shakllanishida tengdoshlarining ta’siri kuchayib 
e’tibor maktab, oilaning ahamiyatiga kamaygandek bo‘ladi. Ko‘pincha, o‘smir 
haqiqiy rasmiy jamoa va norasmiy guruh bilan muloqot qilishning qay biri 
afzal ekanligi to‘g‘risidagi tanlov oldida turadi. O‘smir o‘zini erkin sezadigan, 
uni hurmat qiladigan insonlar bo‘lgan guruh va muhitni ko‘proq xush ko‘radi. 
Bu yoshda ayrim o‘smirlarning kattalar, ayniqsa ota-onalari bilan 
muammoli vaziyatda bo‘ladigan. Ota-onalar ularga yosh bolaga, go‘dak 
g‘amxo‘rlik qilgandek, munosabatda bo‘lishni davom ettiradilar. O‘smir esa bu 
sharoitdan chiqib ketishga intiladi. Shu sababli kattalar bilan o‘zaro 
munosabatda janjalli vaziyatlar ko‘payadi. O‘smirda kattalik hissi shakllanadi. 
Bu yoshda o‘smir mustaqil, erkin harakat qiladi, kattalarning “o‘rgatish”lariga 
qarshi e’tiroz paydo bo‘ladi.
O‘smir bu yoshda (havas qiladigan insonni), ya’ni film qahramonlari, 
kuchli katta yoshdagi inson, ko‘rsatuv qahramoni, mashhur sportchi va 
boshqalarga taqlid qilib: uning tashqi qiyofasi, xulq-atvoriga o‘xshashlik uchun 
harakat qilishi holatlari ko‘p uchraydi. Tashqi qiyofa o‘smir uchun katta 
ahamiyat kasb etadi. Ajoyib soch turmagi, ba’zan ikki yoki uch ziraklar, yirtiq 
jinsi, juda yorqin rangdagi kosmetika va boshqa vositalar o‘smirga o‘zini 


152
boshqalardan ajralib turishiga imkon beradi hamda bolalar guruhlarida o‘zini 
tan olishlariga harakat qiladi. 
Shu tariqa, o‘smirlik yoshida ajralib turadigan xarakter xususiyatlari 
haqida quyidagilarni aytish mumkin; hissiy noetuklik o‘z shaxsiy xulq atvorini 
yetarli darajada nazorat qila olmaslik, o‘z ehtiyojlarini qondirish imkoniyati va 
istaklarini taqqoslay olmasligi, yuqori ta’sirchanligi, o‘zini tan olishlariga 
bo‘lgan istaklari va kattalar kabi o‘zini tutish. O‘smir – bu yetarli darajada 
yetilmagan va yetuk aqlga ega bo‘lmagan ijtimoiy inson. Bu bosqich bolalik va 
o‘spirinlikning chegarasidir. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin