Mahalla va oila



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

Delinkvent xulq-atvori –
deviantlikdan farqli ravishda bolalar va 
o‘smirlarning assotsial xulq-atvori bilan xarakterlanadi. Bu xulqiy harakatlarda 
huquqiy me’yorlarni bola buzib o‘tsada, biroq huquqiy, jinoiy javobgarlikka 
tortilmaydi. Sababi cheklangan ijtimoiy xavfli yoki bola jinoiy javobgarlikka 
tortilish yoshiga yetmagan hisoblanadi.
Delinkvent xulq-atvorda
: asosan inson shaxsiga qarshi agressiv-
zo‘ravonlik xulqi, haqorat, janjalkashlik, o‘t qo‘yish harakatlari ajralib turadi. 
Delinkvent (lotin tilidan delinqveng-huquqbuzar)-xulqiy og‘ishgan 
sub’ekt, o‘z harakatlarida jinoiy jazolanadigan quyidagi faoliyatlarni amalga 
oshiradi: 
- o‘zaro xulq-atvor, o‘zida mayda o‘g‘rilik, bosqinchilik, tilanchilik, 
avtotransportni o‘g‘irlash va boshqalarni amalga oshirib, moddiy manfaat 
ko‘rinishning ilinjida mulkiy tajovuz qilishdan iborat. 
- Giyohvand moddalarni tarqatish va sotish. 
Kriminal (jinoiy) xulq-atvor (lotin tilidan, criminalis-jinoyatchilik) 
huquqbuzarlik harakati bo‘lib, jinoiy javobgarlik yoshiga yetguncha, jinoiy ish 
ochishda asos bo‘lib xizmat qiluvchi va jinoyat kodeksining belgilangan 
moddalari bilan asoslanadigan xulq-atvor. 
O‘smirlarda deviant xulq-atvor sabablari 
Inson taraqqiyoti ko‘pgina omillar o‘zaro ta’siri bilan asoslanadi: irsiy 
avloddan-avlodga ot‘uvchi, muhit, tarbiya, insonning shaxsiy amaliy faoliyati 
kabilarga bog‘liq. Voyaga yetmaganlarning deviant xulq-atvorini asoslovchi 
asosiy omillarni ajratib ko‘rsatish mumkin. 
1. Biologik omil.
Bola organizmini noqulay fiziologik yoki anatomik 
xususiyatlari mavjud bo‘lib, uni ijtimoiy moslashuvini qiyinlashtiradi.
Bularga
:
12
Сu
i
tsid
(inglizchada
suicide 
– 
o’zini 

o’zi o’ldirishi, kuchli ruhiy holatda yoki psixik kasallik ta’sirida
insonning 
o’zini
-
o’zi o’ldirishi)


154
- genetik, avloddan avlodga o‘tuvchi xususiyatlar. Ularga aqliy 
rivojlanishning buzilishi, eshitish va ko‘rishda nuqsonli bo‘lganlar, asab 
sistemasining buzilishi kabilar kiradi. Bunday bolalar hali ona qornidayoq 
noto‘g‘ri ovqatlanish, onaning ichkilikbozlik, chekishga ruju quyishi, onaning 
kasallanishi (jismoniy va psixik jarohatlar, surunkali yuqumli kasalliklari); irsiy 
kasalliklarning ta’siri, ayniqsa, irsiylik, alkogolizm ta’sirida bo‘ladilar; 
- inson organizmiga ta’sir etuvchi psixo-fiziologik og‘ir tashvishlar
janjalli vaziyatlar, atrof-muhitning kimyoviy tarkibi, energiyaning yangi turlari, 
somatik
13
, allergik kasalliklari turlari olib kelishiga sabab bo‘ladi. 
- fiziologik, o‘z tarkibiga nutqdagi nuqsonli, tashqi qiyofadagi nuqsonlar, 
konstitutsion-somatik nuqsonlar sababli atrofdagilar bilan munosabatda 
negativ holatlarni yuzaga keltiradi va shaxslararo munosabatda bolaning o‘z 
tengdoshlari, jamoa o‘rtasidagi chekkaga chiqish, turtilishga olib keladi. 
2.
Psixik omil.
Bola psixopatologiyasida yoki aksentuatsiya
14
sida 
(haddan tashqari zo‘riqish) xarakterining alohida xususiyati bilan ifodalanadi. 
Bu hulqiy og‘ishganlik bola asab-ruhiy kasalliklar psixopatiya, nevrosteniya 
bilan xastalanganligi orqali vujudga keladi. Aksentuirlashgan xarakter 
xususiyatiga ega bo‘lgan bolalar turli psixologik ta’sirlarga o‘ta sezgir, psixik 
me’yorning eng chetki turi bo‘lib, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyaga muhtoj va 
tarbiya xarakteridagi chora-tadbirlarning ko‘rilishini talab etadigan bolalardir. 
3.

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin