Mahalla va oila



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

Cheklangan imkoniyat
– 
inson 
uchun 
me’yordagidek 
hisoblanadigan har qanday cheklanish yoki o‘z faoliyatining yo‘qolishi 
(nuqsonning ko‘pligi yoki asorati) yoki inson faoliyati doirasidagi har qanday 
cheklanishlar. 
2. 
Layoqatsizlik (nogironlik)
– inson sog‘lig‘idagi nuqsonlar asorati 
yoki cheklangan imkoniyat, me’yoriy qaysidir rolning bajarilishiga to‘siq 
bo‘lgan, yosh ko‘rsatkichlari, jinsiy yoki ijtimoiy omillardan kelib chiqadigan 
holat. 
Me’yordan psixik og‘ishlik
eng avval bolaning aqliy rivojlanishi, uning 
psixik nuqsonlari bilan bog‘liq. 
Bu guruhga eng avvalo psixik rivojlanishida to‘xtalish (ZPR) bo‘lgan 
bolalar va aqliy norasolar yoki oligofreniya (yunon tilidan, oligos – kichik va 
phren - aql) lar kiradi. Bolalarda turli darajali ruhiy xastaliklar uchraydi: yengil 
– debillik, chuqur – idiotiya. Shuningdek, psixik og‘ishga nutqdagi nuqsonlilar, 
xissiy (emotsional) – irodaviy muhitdagi nuqsonlilar ham kiradi. Bu psixik 
og‘ishlikning eng so‘nggi shakli bo‘lib, autizm (Yunon tilidan, autos- sam) – 
psixikaning holati, muloqotga ehtiyoji yo‘qligi, odamoviligi bilan xarakterlanadi 
va o‘z-o‘zini o‘ldirish, suitsitga moyil bo‘ladi. 
Pedagogik me’yordan og‘ishlik.
Bu shunday tushunchaki, hozircha 
pedagogika va ijtimoiy pedagogikada juda kam qo‘llaniladi. Pedagogik 
me’yorlarda eng avvalo standartlar ko‘zda tutiladi. Ular ta’lim darajalarini 
belgilab beradi. Ta’limni egallaganlik yoki egallay olmaganlik me’yordan 
og‘ish me’yorlari haqida fikr yuritish mumkin. Pedagogik me’yorlar 
mamlakatda qabul qilingan umumiy ta’lim standartlar hisoblanadi. Bu 
standartlarga muvofiq ma’lum yoshdagi bola, shu davrga muvofiq darajadagi 
ta’limni o‘zlashtirishi, o‘rta ma’lumot (9-sinf)ni olishi va o‘rta maxsus yoki kasb 


150
ta’limini olgan bo‘lishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi” (1997) ga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim (9-sinf) hamma uchun 
majburiydir. Shu baza asosida mustaqil ta’lim sifatida majburiy bo‘lgan o‘rta 
maxsus yoki kasb ta’limi o‘qish muddati uch yil davomida amalga oshiriladi. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin