Mahalla va oila



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

O‘quvchi xulq (deviatsiya, lot. deviatio - og‘ish) deb
, kishining 
qilmishlari, faoliyati turi odatiy, umumiy e’tirof etilgan me’yorlardan farq 
qiladigan yoki u o‘zi a’zosi bo‘lgan jamiyat tomonidan qabul qilingan 


147
me’yorlarga mos kelmay, barqaror ravishda ularning ijtimoiy 
me’yorlaridan og‘ishida namoyon bo‘ladigan axloqqa aytiladi. 
Demak, deviant xulqli shaxs deb, birinchi navbatda axloqiy jihatdan 
qarindosh – urug‘lari va do‘stlarining ko‘nglini og‘ritadigan va atrofdagilarning 
hayoti uchun xavf tug‘diradigan shaxslarga (individlarga) aytiladi. 
Me’yor tushunchasi tibbiyotda, psixologiya, pedagogik, sotsiologiya va 
boshqa fanlarda keng qo‘llanilib kelinadi. Bu tushunchaga aniq va yaxlit
yagona ta’rif berishga bo‘lgan intilish muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan. 
Masalan, faqatgina tibbiyotda olimlar 200 ga yaqin ta’rif berganlar. “Me’yor” 
tushunchasini ifodalab berishning murakkabligi shundaki, u nafaqat 
terminologik, balki mazmun, mohiyat jihatidan ham yagona ifodaga ega 
emas. Masalan, axloqiy me’yorlar doimo bir xil, hamma uchun deb belgilana 
olmaydi. Shu sababli ham ular birinchidan, milliy o‘ziga xoslik, bundan 
tashqari vaqt o‘tishi bilan qayta-qayta o‘zgarib turadilar. AQShda II jahon 
urushidan so‘ng ikki-uch o‘n yilliklar mobaynida chekish odatiy “me’yoriy” 
hodisa hisoblangan bo‘lib, unga jamiyatda bee’tibor bo‘lganlar. Hozirda, 
jamiyat bu yomon, sog‘liq uchun zararli odatga qarshi turgan bir vaqtda
chekishga axmoqona xulq belgisi sifatida munosabatda bo‘ladilar. 
Tibbiyot, psixologiya, sotsiologiyada me’yorning o‘z ko‘rsatkichlari, 
parametrlari (o‘lchami), tavsifnomalari mavjud. Me’yorga muvofiq bo‘lmagan 
holatlar barchasi boshqa so‘z “me’yordan og‘ishlik” deb yuritiladi. 
Ijtimoiy pedagogikada “me’yor” va “me’yordan og‘ishlik” tushunchalari 
juda muhimdir. Ular bolaning ijtimoiy xulq-atvori rivojlanish jarayonini 
xarakterlash uchun qo‘llaniladi. 
Xulqiy og‘ishlik negativ va pozitiv xarakterga ega bo‘lishi mumkin. 
Masalan, me’yordan xulqiy og‘ishlik holati bola rivojlanishida ham aqliy 
norasolik va qobiliyatlilik bo‘lib ifodalanishi mumkin. 
Bola xulq-atvoridagi bunday negativ xulqiy og‘ishlik jinoyatchilik, 
alkogolizm, giyohvandlik va boshqalar sifatida insonning (nafaqat insonning, 
balki jamiyatning) ijtimoiy shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xulq-atvoriga 


148
pozitiv og‘ishlikka ijtimoiy ijodning barcha shakllari taalluqli bo‘lib, ular: 
iqtisodiy tadbirkorlik, ilmiy va badiiy ijodkorlik va boshqalar, aksincha eski 
me’yorlar o‘rniga almashuvchi ijtimoiy tizim rivojiga xizmat qiluvchi omil 
hisoblanadi. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin