204
Himoya
mexanizmlari
Odam, shaxs sifatida o‘zini turli psixologik jarohatlardan
saqlaydigan ongsiz usullar majmuini bildiruvchi psixoanalitik
tushuncha. Ya’ni H.m.lari yordamida odam o‘zini psixologik
jarohatlardan saqlaydi.
Kommunikat-
siya
(lot.
communictio
-
muloqot qilaman, gaplashaman); 1.
butun jamiyat masshtabida (miqyosida) tashkiliy ravishda
amalga
oshiriladigan, ijtimoiy muloqot. 2. muloqot akti, ikki
va undan ortiq individlar o‘rtasidagi, o‘zaro tushunishga
asoslangan aloqa; bir shaxs tomonidan boshqa odamga yoki
odamlarga ma’lumot uzatish. K. fikr olishuv, o‘zgalarning
fikrini tushunish va ularga o‘z fikrini til vositasi orqali
tushuntira olish qobiliyati, ma’lumotlarni til va
boshqa belgilar
vositasida uzatish.
Matriarxat
Onalik davri; 1. ibtidoiy jamoa shakli. M. davrida urug‘-
aymoqchilik, nasl-nasab, urug‘ guruhi o‘sha davrlarda
qabilaning xo‘jalik va ijtimoiy hayotida
ayollar mavqeining
ustuvor holati bilan belgilangan.
Dostları ilə paylaş: