93
Lingvistik jihatlarga
–
leksik
– tilning lug‘at tarkibi;
idio-matik
– nutq
aylanishlari, ularning mazmuni (ahamiyati) unga kiradigan so‘zlar mazmuni
(ahamiyatini) bildirmasligi mumkin (Masalan: “Bekor yurmoq”, “Yulduz
sanamoq”, “Og‘zingga qarab gapir!”, “Ko‘zingga qarab yur!”);
grammatik
–
gapda so‘zlarning va ularning nisbatini o‘zgarish qoidalari bilan muvofiq
ravishda tilning tuzilishi kabilar taalluqli.
Paralingvistik jihatlarga
– nuqtning diapazoni, diksiyasi, intonatsiyasi,
tebri, tempi kabilar taalluqli.
Ekstralingvistik jihatlariga
– kulgi, yo‘tal, pishillash, xo‘rsinish, yig‘i,
shivirlash, pauzalar, tovushlar taalluqli.
Odamlar o‘rtasida o‘zaro muloqot jarayoni kechar ekan,
suhbatdoshlarning har ikkalasi ham biri tomonidan foydalanilayotgan
muloqotning yuqorida keltirib o‘tilgan kabi jihatlarini aynan idrok etmasligi
mumkin.
Oila a’zolari o‘rtasida bo‘ladigan kundalik muloqot jarayonida, nutqning
bunday jihatlarini turlicha idrok etish, ya’ni bir tomon aytmoqchi bo‘lgan “fikr”
ikkinchi tomonda ham shunday “fikr”ning yuzaga kelmasligi oqibatida ularning
o‘zaro munosabatida o‘zaro tushunish amalga oshmay qoladi. Bir tomon
ikkinchi tomondan kutgan javob munosabat boshqacha tarzda namoyon
bo‘lishi mumkin. Oqibatda, har ikkala tomon ham istamagan holda, ularning
o‘zaro munosabatlarida “qarama-qarshiliklar”, nizoli vaziyatlar yuzaga kelishi
ehtimoldan holi emas.
Dostları ilə paylaş: