102
7-MAVZU. YOSHLARNI OILAGA IJTIMOIY VA PSIXOLOGIK
MOSLASHTIRISH USULLARI. QAYNONA-KELIN MUNOSABATLARI. ER
VA XOTIN MUNOSABATLARI.
Reja
:
1. Yoshlarni oilaga ijtimoiy va psixologik moslashtirish usullari.
2. Qaynona-kelin munosabatlari.
3. Er va xotin munosabatlari.
Tayanch iboralar:
Ota-ona
va farzand, oila, qaynona - kelin, er va
xotin, nikoh, baxtli oila.
Hozirgi kuzatishlar natijasiga qaraganda, ko‘pchilik
ota-onalar
farzandlarini oilali qilish maqsadida mol-dunyo va sep yig‘adilar, sovchilik,
qudachilik bordi-keldilarini qiladilar va kattaroq to‘y qilish bilan o‘z burchlarini
ado etgan bo‘lib, erkin nafas oladilar. Ammo eng muhim masalalardan biri
bo‘lgan narsa – qizlarini kelinlikka, o‘g‘illarini kuyovlikka tayyorlash eslaridan
chiqib qoladi.
Ming afsuski, ko‘pchilik yoshlar go‘shangaga oila, er-xotinlik
hayoti, ularning o‘zaro munosabatlari, haq-huquqlari
hamda burch va
mas’uliyatlari haqidagi dinimiz ta’limotlaridan bexabar holda kiradilar.
Odatda, to‘y vaqtida va oilaviy hayotning boshlanishida kelin-kuyovning
yaqinlari, kuyov jo‘ralar, kelin yangalar ularga qanday qilib bo‘lsa ham umr
103
yo‘ldoshini “gah desa, qo‘lga qo‘nadigan qilib olish” haqida va boshqa
bachkana narsalardan iborat bo‘lgan maslahatlarni beradilar.
Aslida, “Er oilada qanday bo‘lishi kerak?”
degan savollarga mazkur
maslahatlar hech qachon javob bera olmaydi. Aksincha, ular oilada
aloqalarning keskinlashuviga sabab bo‘ladi, xolos.
Yoshlar pul, vaqt, harakat, aql, zakovatni o‘zining
oilaviy baxti uchun
kerak bo‘ladigan ta’limotlarni o‘rganishlari kerak bo‘ladi. Bu masalaga alohida
e’tibor berish har bir ota-onaning burchidir. Yoshlar doimiy kitoblar o‘qishi,
ma’ruzalar tinglashi, ovoz yozuv vositalarini yeshitishlari oilaviy hayotga oid
bilimlarini oshirishiga xizmat qiladi. Xalqaro axborot tarmog‘i sahifalarida ham
ko‘plab ma’lumotlar bor. Bilmaganlar so‘rab, o‘rganishlari mumkin.
Balki,
imkonini topib, kelin-kuyovlar uchun o‘quv kurslari ochish zarur.
Boshqa kerakli choralarni ko‘rib, bu ahamiyatli ish bo‘yicha har bir sohaning
mutaxassislari o‘z imkonlarida bor hissani qo‘shishlari yaxshi natijalarga olib
boradi. Vaqtning borida mazkur mutaxassisliklarning faoliyatlarini
muvofiqlashtirish va samarali bo‘lishini ta’minlash kerak.
Dostları ilə paylaş: