Mahalla va oila


Muloqotning perseptiv jihatlari



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

Muloqotning perseptiv jihatlari 
Muloqotning perseptiv jihatlari deyilganda, avvalo er-xotin yoki oilaning 
boshqa a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro idrok mexanizmlari nazarda tutiladi. 
Psixologik adabiyotlarda o‘zaro idrok mexanizmlari sifatida quyidagilar 
farqlanadi: 
-
 
Izohlash
 - Muloqotdagi sherik hulqi; 
-
 
Nisbat berish 
- Bu muloqot bo‘yicha sherik xulqi sabablarini, 
ma’lumot taqchilligi sharoitida tushuntirish va asoslash; 
-
 
Stereotiplashtirish
 - Suhbatdoshni idrok etish va baholash oldingi 
tajribalariga mos ravishda amalga oshadi; 
-
 
Oreol effekti 
- Kim tomonidandir oldindan yaratilgan obraz,
odamning haqiqiy hislatlarini ko‘ra olishga halaqit qiladi; 
-
 
Yangilik effekti 
- Oxirgi, yangiroq bo‘lgan ma’lumot, ahamiyatliroq 
bo‘ladi; 
-
 
Birlamchilik effekti 
- Yangi odam haqida birinchi olingan ma’lumot, 
asosiy ma’lumot sifatida mustahkamlanib qoladi va ikkilamchi 
ma’lumotlardan ustunlik qiladi. 
Agar sub’ektning ma’lumot doirasi torroq, unda sub’ektivizm darajasi 
kuchliroq bo‘lsa, yuqorida keltirib o‘tilgan idrok mexanizmlari unga oila 
a’zolari, jumladan turmush o‘rtog‘i bilan bo‘ladigan o‘zaro muloqoti va 
munosabatlarining ijobiy rivojlanishiga jiddiy halaqit qilishi mumkin. Aynan 
muloqotda juftini baholash, idrok qilishning yuqorida keltirib o‘tilgan kabi 
jihatlaridagi sub’ektivizm, shaxsning xatoga yo‘l qo‘yishiga sabab bo‘ladi.
Ko‘pincha yaqin odamlar bilan muloqotda bo‘lish, yaxshi tanish 
bo‘lmagan odamlar bilan bo‘ladigan muloqotga qaraganda qiyinroq bo‘lishligi 
ta’kidlanadi. Darhaqiqat, biz odamni qanchalik yaxshi bilsak, uning uchun 
nima qanchalik noqulay ekanligini, u nimani hazm qila olamasligi kabilarni 
yaxshi bilamiz. Bu esa bizda sub’ektivizm darajasini ortishiga va shu asosda 
nizoli vaziyatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.


100
Demak, oilada ham shunday bo‘lishi kerak. Er yoki xotin, yoki oilaning 
boshqa a’zosi bir-birlarini xulqini bilib, tushunib, idrok qilib, aniqlab borish 
bilan birga, unga adekvat ravishda o‘zining oqilona strategiyasini ham 
belgilab borishga, buning uchun zarur bo‘lsa, oila manfaati yo‘lida, o‘z 
manfaatlaridan ham qisman bo‘lsada kechishiga to‘g‘ri keladi.
Shu pozitsiyadan turib ma’lum bir (o‘zi ma’qul hisoblagan) ijtimoiy rolni 
(“ijtimoiy niqobni”) ijro etadi. Niyatlarning ezgu bo‘lishi ham biz uchun bir 
qadriyat hisoblanadi. Holbuki, qariyib bundan 3000 yil avval bizning 
zaminimizda yaratilgan “Avesto”da “Ezgu andisha, ezgu kalom va ezgu 
amalda sobit qadam erni xush qabul aylagan xonumonni olqishlaymiz”
10
deyilganligini bugungi yoshlarimiz bilishlari shart. O‘zbekiston Qahramoni 
Abdulla Oripov yozganlaridek: 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin