Mahalla va oila



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

Shaxslararo munosabat 
- odamlarning sub’ektiv kechinayotgan o‘zaro 
aloqasi va o‘zaro ta’siridir. Shaxslararo o‘zaro munosabatlar psixologiyasi 
muloqotga kirishuvchilarning ijtimoiy pozitsiyalari, ularda mazmunning 
shakllanish tizimi, ijtimoiy psixologik refleksiyaga qobiliyati bilan belgiladi. 
Shaxslararo o‘zaro munosabatlar ijtimoiy persepsiya va kauzal atributsiyalar 
bilan shartlanadi. 
Ijtimoiy persepsiya
6
- ijtimoiy ob’ektlar - odamlar, etnik guruhlar va shu 
kabilarni idrok etishning ijtimoiy shartlanganligidir. Bunda, kauzal atributsiya 
(lot. causa - sabab, attributio - beraman) deb ataluvchi - boshqa odamlar xulqi 
sabablari va motivlarini sub’ektiv tushunish, ularning shaxsiy sifatlarini 
sub’ektiv izohlash (interpretatsiya qilish) amalga oshadi. 
Shu o‘rinda, refleksiya va ijtimoiy persepsiya tushunchalariga izoh berib 
o‘tsak. Aksariyat holatlarda, “refleksiya” tushunchasini “refleks” bilan 
almashtirib yuborish ham kuzatiladi. Psixologik atamalar izohli lug‘atida, 
6
Psixologik atamalar ruscha 

o‘zbekcha izohli lug‘ati /Psixologiya fanlari doktori, professor G‘.B.Shoumarov 
tahriri ostida. 
– 
Toshkent., 2019. 
-
B. 319.


96
refleksiyaga - (lot.
 reflexio
- aks etish, orqaga qarash); odamni bilishning o‘z-
o‘ziga, o‘zining ichki olami, psixik holatlari va sifatlariga qaratilganligi. 
Sub’ektning atrofidagilar uni qanday baholayotganligini “idrok” qilishi. 
Refleksiya kishi bilimlarining o‘z-o‘ziga, o‘zining ichki olamiga, psixik sifatlari 
va psixik holatlariga qaratilishidir. Ya’ni, “boshqalar uni qanday odam deb 
hisoblaydi”
7
- deb o‘ylaydi, degan izoh beriladi. Refleksiya ijobiy bo‘lsa, ya’ni 
sub’ekt sherigini ijobiy idrok etsa, ya’ni sherigi uni yaxshi odam deb o‘ylashini 
bilsa, unga nisbatan ijtimoiy ustanovkalari ijobiy bo‘lsa, uning u bilan 
bo‘ladigan kelgusi muloqoti ham ijobiy tus oladi. Aksincha bo‘lsa, bu 
munosabatlar, muloqot kutilgan natijalarga olib kelmasligi mumkin.
O‘zbek 
oilalaridagi 
qaynona-kelin, 
kelin-qaynsingil 
o‘zaro 
munosabatlarini olsak, bu munosabatlarda ijobiy refleksiyaning bo‘lishi 
mumkinligi haqida gapirish qiyin. Chunki, xalq og‘zaki ijodiyoti na’munalarida 
ham, odamlarning kundalik turmush tarzi stereotiplarida ham, ayollar bo‘lajak 
kelin yoki qaynona obrazini ijobiy tasvirlangan holatlari kam (Farmon bibi, 
Jannat xola, Sotti, Ofat kelin va sh.k.). Bunday “tasavvurlar”, “idroklar” esa 
ularning o‘zaro munosabatlarida o‘z aksini namoyon qiladi.
Xalqimizda, 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin