Mahalla va oila



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

Erkaklar,
odatda o‘zlarini va boshqalarni sifat mezonlarida 
xarakterlaydi,
ayollar
esa – holatlar, hissiy mezonlarda xarakterlaydilar. 
Ayollar o‘z xususiyatlarini vaziyatli omillar bilan tushuntirishga moyil bo‘ladilar. 
Ayollar va erkaklar hatto mimik hissiy ifodalanishni ham turlicha izohlaydilar. 
Ayollar xayratlanish, ajablanishni ko‘rayotgan joyda, erkaklar qat’iylikni 
ko‘rishlari mumkin. 
Individning shaxsiy tuzilishi qanchalik ko‘p o‘lchamli bo‘lsa, uning 
voqelik bilan munosabati shunchalik egiluvchan, u qutubli baholashga 
shunchalik ko‘p moyil, ular tomonidan olamni ko‘rish, aks etish shunchalik 
differensiyalashgan bo‘ladi. Cheklangan individlar ijtimoiy ob’ektlarni 
soddalashtirib yuboradi. 
8
Ўша жойда,
-
B.348
-
349.


98
Muloqot sub’ektlarining turli mavqei 
(holati) ham ularning o‘zaro 
baholash xarakterini belgilaydi. Er xotinining bir sifati uchun qadrlaydi, shu 
bilan birga erning tashqi alomatlari, belgilari batafsil baholanadi. Erning xotin 
uchun ahamiyatli sifatlarini bildiruvchi belgilar alohida ajratib baholanadi. 
Masalan, psixologik tadqiqotlarning birida, bitta fotosuratning o‘zi, 
suratda aks ettirilgan odamning axloqiy-psixologik sifatlari haqida berilgan 
ijtimoiy statusiga nisbatan dastlabki ko‘rsatmaga bog‘liq ravishda, 
sinaluvchilarda mutlaqo qarama-qarshi tasavvurlarni yuzaga keltirgan. Bunda, 
sinaluvchilarning bir guruhiga fotosuratdagi odam ashaddiy jinoyatchi sifatida 
tanishtirilgan, boshqa guruh sinaluvchilariga esa xuddi shu surat egasi, atoqli 
olim deb tanishtirilgan
9
.  
Natijada, birgina suratning o‘zi turli guruh sinaluvchilari tomonidan 
turlicha, qariyib qarama-qarshi sifatlar bilan baholangan. Ijtimoiy persepsiya 
stereotipizatsiyaga moyil bo‘ladi. Shtamp (tamg‘alar) ning tafovutligi ko‘pincha 
odamni odam tomonidan idrok etilishini buzadi, noadekvat izohlanishga olib 
keladi. 
Bu o‘rinda, er-xotin, qaynona-kelin va oilaning boshqa a’zolari haqida 
berilgan ustanovka (odatda bunday ustanovkalarni kelinning yaqinlari beradi), 
ularning xarakteri, shu omillar asosida sub’ektda shakllangan “obraz”, uning 
bahosiga va shu asnoda ular bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlari 
xarakteriga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zaro baholash asosida odamlarda tegishli ijtimoiy hissiyot - his 
shakllanadi. Attraksiya (ingl. attrakt - jalb qilish, o‘ziga tortish) hodisasi, 
shaxslararo munosabatlarning hissiy to‘yinganligi yuzaga keladi. 
Ko‘pchilik odamlar, o‘zini, o‘zlarining xulqiy ustanovkalariga mos holda 
tutadilar. Muloqotning ma’lum bir natijasini
 
oldindan rejalashtirib olar ekan, 
ular o‘z xulqi bilan uni yuzaga keltiradilar ham. Arazchi odam, odatda o‘zini 
xafa qilishgandek tutadi, tajovuzkor odam esa “javob qaytarishi” mumkin 
bo‘lgan bironta ham bahonani o‘tkazib yubormaydi. 
9
Бодалёв.А.А. Восприятие и понимание человека человеком.

М., 1982.


99

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin