Mahalla va oila



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

Illat izlaganga illatdir dunyo, 
G‘urbat izlaganga g‘urbatdir dunyo. 
Kim neni izlasa topgay begumon, 
Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo. 
Shunisi ham ma’lumki, boshqa odamlarni tushunishda har bir odam o‘z 
aqli va hayotiy tasavvurlari xususiyatlaridan kelib chiqqan holda cheklangan 
bo‘ladi. O‘zining sifat va xususiyatlarini boshqalarga yo‘yish, ularga ham shu 
hislatlar xos, deb o‘ylashga moyil bo‘ladi. Bunday hollarda, odamlar 
o‘zlarining ustanovkalari va qiziqishlariga zid keladigan narsalarni yaxshi 
qabul qilmaydi. Odamning haqiqiy qiyofasi, uning kimligi, ko‘pincha 
arzimagan narsalarda (ikr-chikirlarda) va juda mas’uliyatli vaziyatlarda 
namoyon bo‘ladi. Chunki, odam o‘zining “zaif joyini” zo‘r berib himoya qiladi. 
“Egri qovurg‘ani tuzatib bo‘lmasligi” haqidagi gap bugun paydo bo‘lgan 
emas. Xalqimizda: “Kamini yashirib, ko‘pini oshirish”-deyilganidek, oilaviy 
10
Авесто: тарихий
-
адабий ёдгорлик /Н.Жўраев; тарж. А.Маҳкам. 
– 
Тошкент: Ғ.Ғулом номидаги 
нашриёт
-
матбаа уйи, 2015. 
– 
Б. 508.
“Barcha baxtli oilalar bir-birlariga o‘xshaydi, baxtsiz 
oilalar esa har biri o‘zicha baxtsizdir!”
 


101
hayotda er-xotinlarning individual-psixologik xususiyatlaridagi salbiy 
sifatlarning negativ ta’sirini kamaytirib (iloji boricha “izolyatsiya” qilib), ijobiy 
sifatlarining ijobiy ta’sirini oshirishga intilish kerak. Bu borada, kattalarning 
hayotiy tajribalari, yoshlarimizning psixologik savodxonligi darajalarining 
yuqori bo‘lishi yaxshi yordam berishi mumkin, lekin odamni bilishda, idrok 
etishda keng ilmiy amaliyot sinovidan o‘tgan, o‘zining diagnostik va amaliy 
imkoniyatlari bilan oqlangan psixodiagnostik vositalardan, malakali psixolog 
mutaxassislar xizmatidan foydalanilsa yanada maqsadga muvofiq bo‘ladi. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin