109
Erga yordam berish va unga rioya qilishi;
Erining oila a’zolariga yaxshilik qilishi;
Oilada er va xotinning teng huquqliligi;
Er va xotinning familiyasi;
Er va xotinning bolalar tarbiyasi va oila turmushi masalalarini hal
qilishi;
Er va xotinning xususiy mulki;
Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lishi;
Er va xotinning shaxsiy va umumiy qarzlariga javobgarligi;
Er va xotindan birining vafoti yoki sud ulardan birini vafot etgan
deb e’lon qilishi oqibatida nikohning tugatilishi.
“Er bilan xotin bir-biriga mos tushsa, o‘rtada boylik va saranjomlik
bo‘lur. Uy bezagi undan va uylanganning tinchligi undan. Husni bo‘lsa,
ko‘ngilga yoqimli bo‘lur, yaxshiligi bo‘lsa jon ozig‘idir. Aqlli bo‘lsa,
turmush intizomli va ro‘zg‘or kerak-yarog‘i tartibli va saranjomli bo‘ladi.
Alisher Navoiy
Er-xotin o‘rtasida muhabbatni kuchaytirish uchun quyidagi 10 ta vosita:
1. O‘zaro hadyalar ulashish. Masalan, uyquga yotish oldidan chiroyli
atirgulni yoki chiroyli rangli qog‘oz (otkritka)ga go‘zal so‘zlar yozib,
ayolingizning yostig‘i ustiga qo‘yib qo‘ysangiz, bu narsa juftingizga qanchalik
110
ijobiy ta’sir etishini ko‘rasiz. Er ayoliga hadyani
kulgu va tabassum hamda
yoqimli so‘zlar bilan beradigan bo‘lsa, uning qalbida eriga nisbatan kuchli
mehr uyg‘onadi. O‘z navbatida ayol ham eriga qo‘lidan kelganicha uning
mehrini jo‘shtiradigan biror hadya berishga intilmog‘i kerak. Zero, xalqimizda
“Qarsak ham ikki qo‘ldan chiqadi” degan maqol bor.
2. O‘zaro gaplashib o‘tirish uchun alohida vaqt ajratish. Suhbat chog‘ida
ham bir-birlarining so‘zini betoqatlik, besabrlik
va katta ehtirom bilan
eshitishga urinishlari kerak. Albatta, bunda samimiylik yo‘qolmasligiga jiddiy
e’tibor qaratish lozim.
3. Erning ayoliga va ayolning eriga o‘tli qarashi. Er-xotin o‘rtasidagi
rasmiy munosabatlar, ya’ni erning o‘z vazifalarini bajarishi va ayolning o‘z
vazifalarini bajarishi yoki bir-birlariga sevishlarini izhor qilishlarining o‘zi
muhabbatni kuchaytirishga kifoya qilmaydi. Ba’zida gap-so‘zsiz, imo-
ishoralar, qarashlar, ovozdagi o‘ziga
xos ohanglar, ko‘zning muhabbatga
limmo-lim o‘tli nigohi ham ishni bitirishi mumkin. Bularning hammasi ko‘ngil,
ruhiyat orqali amalga oshiriladigan ishlardir.
4. Ishga ketayotganda iliq xayrlashuv va ishdan qaytganda iliq
ko‘rishuv.
5. Ayolni maqtab turish. Uni hamma narsadan qizg‘onishini odob bilan
izhor qilish.
6. Ba’zi ishlarda ayolga ko‘maklashish. Masalan, uydagi shaxsiy
kutubxona
kitoblarini tartibga keltirish, ba’zi taomlarni pishirishda
yordamlashish, bolalarga tegishli narsalarni birgalikda amalga oshirish va
hokazo.
7. Shirin so‘z. Er ham, xotin ham bir-birlariga shunday so‘zlarni topib
gapirsinlarki, natijada o‘rtalaridagi muhabbat yana ham kuchaysin. Masalan,
bir-biriga sevishini aytsin, “Siz menga Allohning ne’matisiz” kabi so‘zlarni
aytish ayni muddaodir.
8. Suhbat uchun hech kim xalaqit bermaydigan tinch joy tanlash.
Bunda
xatto bolalarning ovozlari, shovqin-suroni ham eshitilmasin. Albatta,
111
to‘la xotirjamlikni his qilib suhbatlashish er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va
mehrni yanada jonlanishga hissa qo‘shadi.
9. O‘rtadagi muhabbat me’yorida bo‘lishiga e’tibor berish. Bu juda
muhim masala. Bir-birini juda qattiq ham sevmasin, juda begonalashib ham
ketmasin. Hamma ishda mo‘tadillik yaxshidir. Zero, muhabbatga mukkasidan
ketishdan qaytarilgan. O‘rtadagi masofani saqlashda qanchalik chuqur
ketilsa, muhabbatga shuncha putur yetadi. Ko‘pgina oilaviy muammolar ham
aslida mana shu begonalashuvdan kelib chiqadi. Payg‘ambar
alayhissalom
“Do‘stingizni yengilroq sevingki, kuni kelib u dushman bo‘lib qolishi ham
mumkin. Dushmaningizga ham yengilroq adovat qilingki, kuni kelib u do‘st
bo‘lib qolishi mumkin” deganlar.
10. Er-xotin bir-biriga og‘ir damlarda dalda bo‘lishi. Masalan, ayol kasal
bo‘lib qolishi yoki homiladorlik davrida unga moddiy va ma’naviy
suyanch
kerakligini er doim yodida tutishi kerak. Shuningdek, erining biror sabab bilan
kayfiyati tushkunligini, ayolining mehriga, daldasiga muhtojligini farosatli ayol
darhol sezib, qo‘lidan kelgan yordamini berishi, erining yonida turishi
matlubdir. Sherigining dardiga hamdard bo‘lish, o‘rtadagi muhabbatni misli
ko‘rilmagan darajada oshirib yuboradi.
Dostları ilə paylaş: