Mahalla va oila



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

6. Goh-gohi rashk qilishingni bildirib tur. Bu uning ayollik izzat-
nafsini rozi qilib turadi. 
7. Unga lutf ko‘rsat, ayolligini qondirib tur. 
8. Uning ayblarini yuziga solma. U tanqidni yoqtirmaydi. 
9. Undan yuz o‘girma. Ayol kishi o‘ziga quloq tutganni yaxshi ko‘radi. 
10. Unga xiyonat qilma. Ayol uchun eng og‘ir narsa erining xiyonat 
qilishidir. 
11. Uning o‘zini ham, his-tuyg‘ularini ham masxara qilma, chunki u 
nozik xilqatdir, jarohatni ko‘tara olmaydi. 
12. U sendan talab qilgan narsani unutma. Aks holda unda “qadr-
qiymatim yo‘q ekan” degan tushuncha paydo bo‘ladi. 
13. Undan yordamingni ayama. Chunki ayol zoti doimo o‘zi 
ishonadigan va suyanadigan shaxsga muhtojdir. 
14. Oilaviy mas’uliyatlaring va va’dalaringni zinhor e’tiborsiz 
qoldirma. Ularga amal qilishing ayolingga bo‘lgan muhabbatingni his 
qildiradi. 
15. Uning ikkingizning muammolaringizni hal qilish bo‘yicha 
takliflarini e’tiborsiz qoldirma. Agar unday qilsang, bu unga ahamiyat 
bermaganligingni bildiradi. 
16. Undan muammolarni oqilona va mantiqiy hal qilishini talab qilma.
Chunki ayol kishi odatda ko‘proq otifaga – his-hayojonga berilgan 
bo‘ladi. 
17. Uyning mayda-chuyda ishlariga ko‘p aralashma. Bu borada unga 
ishon. Bu unga uyning haqiqiy bekasi ekanini sezdirib turadi. 
18. Uni maqtab turishdan g‘ofil bo‘lma. Uning kiyimi, ziynati, 
pishirgan narsalarini, uy tutishini maqtab tur. Bu uning ayollik tuyg‘usini 
rozi qiladi. 


107
19. Ayol kishining homiladorlik, tug‘ish va hayz kabi og‘ir holatlarni 
boshidan o‘tkazishini aslo unutma. O‘sha paytlarda uning his-tuyg‘ularini 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin