Mahalla va oila



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

“Psixologiya 101”:
Taniqli ruhshunos Pol Kleynmanning mana shu nomdagi kitobini 
o‘qiganlar yaxshi bilishadi: ommaning oldida boshqalarga nisbatan haqoratli 
so‘z ishlatgan odam aslida kim to‘g‘risida so‘zlayotgani uning atrofidagilarga 
ma’lum – o‘zi haqida! 
Ya’ni, boshqalarni ochiqcha va asossiz haqorat qilish aslida 
himoyalanish mexanizmi. Tajovuzkor odamlarning fe’l-atvori – ularning hislari 
va qo‘rquvlarining mevasi. 
Ruhshunoslarning tasdiqlashlaricha, birovni ochiqchasiga yomonotliq 
qilishga urinish va mehnatini yo‘qqa chiqarish odati ko‘proq e’tiborga muhtoj, 
omadsiz va hayotda muvozanatni yo‘qotgan odamlarga xos. Bunday odamlar 
ichidagi “xudbin qiyofa” (“ego”) ga qul bo‘lishadi. Bu qiyofa esa faqat o‘zini tan 
oladi, hatto o‘zi joylashib olgan tana bilan ham hisoblashib o‘tirmaydi. Shu 
sababli, “ego” haddan ziyod kuchayib ketsa, odam o‘z-o‘zidan nafratlana 
boshlaydi va unda bora-bora o‘z joniga ham qasd qilish kayfiyati kuchayadi. 
Muammoning yechimi:


119
Bir o‘ylab ko‘ring, siz yaxshi quvvat yordamida insonlar hayotini 
o‘zgartirishga urinyapsizmi yoki salbiy quvvat bilan insonlarda kimgadir yoki 
nimagadir nisbatan nafrat uyg‘otib, tartibsizlik yoki urush xavfini 
oshiryapsizmi? Ya’ni, sizning birgina noo‘rin so‘zlaringiz, munosabatingiz 
jamiyatdagi muvozanatni izdan chiqaradi, “xudbinlik qiyofasidagilar”ning 
ko‘payishiga xizmat qiladi. 
Nafrat nafratni chaqiradi. Tajovuzkorlik yovuz kuchni uyg‘otadi va 
zo‘ravonlikni keltirib chiqaradi. Va, bir o‘ylab ko‘ring, bugun dunyoni domiga 
tortib borayotgan jabr-zulmning ham bosh sababi shu emasmi? Urushlarning, 
kelishmovchilik va yovuzliklarning yechimi tajovuzkorlik emas. Faqat yaxshi 
so‘z va samimiylik bizni yorug‘likka olib boradi. 
Tanqid qilishning qoidasi qanday?
Kimningdir mehnati, hislari va harakatini hurmat qilgan holda unga 
haqiqatni yetkazish u qadar ham qiyin ish emas. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin