to‘g‘risida”gi Qonun
kuchga kirdi, qiyin ahvolda qolgan xotin-qizlarni
reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari ochildi. Xotin-qizlarni himoya
qilishda ichki ishlar organlari ayollar masalalari bo‘yicha inspektorlari ham
katta o‘rin tutishadi.
“Himoya orderi nima?”
Himoya orderi tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga beriladi. Tazyiq
o‘tkazgan yoki zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan
shaxsga himoya orderining nusxasi beriladi.
122
Himoya orderini bergan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tazyiq
o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsni himoya orderining shartlari hamda
uni bajarmaslik oqibatlari va zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha
tuzatish dasturlaridan o‘tish zarurligi to‘g‘risida xabardor qiladi.
Shaxs himoya orderini olish to‘g‘risidagi tegishli hujjatni imzolashni rad
etgan taqdirda, himoya orderini topshirayotgan ichki ishlar organining
mansabdor shaxsi tomonidan xolislar ishtirokida dalolatnoma tuziladi.
Tegishli hududda tazyiq va zo‘ravonlikning yakka tartibdagi
profilaktikasini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan ichki ishlar organining
mansabdor shaxsi tazyiq va zo‘ravonlik fakti yoki ularni sodir etish xavfi
aniqlangan paytdan e’tiboran 24 soat ichida himoya orderini o‘ttiz kun
muddatgacha beradi va ushbu order rasmiylashtirilgan paytdan e’tiboran
kuchga kiradi.
123
Himoya orderida quyidagilar ko‘rsatiladi:
u rasmiylashtirilgan sana va joy;
uni rasmiylashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlar;
tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining hamda tazyiq o‘tkazgan
yoki zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning familiyasi, ismi va
Dostları ilə paylaş: |