131
quvvatlash orqali ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish tizimini
takomillashtirishga fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb qilish;
•
nizoli vaziyatlar, shu jumladan oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatish
sabablarini, o‘z joniga qasd qilish kayfiyatini qo‘zg‘atadigan omillarni
aniqlash hamda o‘rganish, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
•
jamiyatda oilaviy-maishiy tusdagi zo‘rlik ishlatishning har qanday
ko‘rinishiga nisbatan, birinchi navbatda, yaqin qarindoshlar tomonidan
murosasiz munosabat muhitini, shu jumladan jazo muqarrarligini
ta’minlash, og‘ir ijtimoiy ahvoldagi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash orqali
qaror toptirish;
•
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, oilaviy
va shaxslararo munosabatlar sohasida qonuniylikni mustahkamlash,
ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish jarayonlariga daxldorlik
hissini kuchaytirish.
Muomalaning barchaga daxldor bo‘lgani hilm haqida so‘z ochish
mohiyatlidir. Bu haqda Abdulla Avloniy shunday yozadi:
“Hilm deb bo‘lar-
bo‘lmas ishga achchig‘lanmaydurgan, arslon yurakli, yumshoq tabiatli
bo‘lmoqni aytilur. Hilm insonlarning tab’idan xusumat, adovat, g‘azab, hiddat
kabi yomon xulqlarni yo‘q qiladurgan har kimcha maqbul bir sifatdur. Hilm ilmi
axloq yuzasidan insonga eng kerakli narsadur”.
Dostları ilə paylaş: