133
tig‘ yarasi bitar”
- deganida ham inson uchun zarur bo‘lgan muomala
jarayoniga e’tibor zaruriyatini sezish qiyin emas.
Shaxs ma’naviyatining uzviy bir bo‘lagi muomala madaniyati bo‘lsa,
xulq-atvor,
odob-axloq, nutqiy faoliyat tushunchalari uning zamiriga kiradi.
Asrlar osha har bir xalqqa xos bo‘lgan, milliy-ma’naviy qadriyatlar yuksak
madaniyat ramziga aylangan urf-odatlar, yurish-turish, yashash tarzi barchasi
kishi shaxsiyatida aks etishi tabiiy.
Ota-onaning vazifasi farzandini dunyoga keltirishdangina iborat emas.
Ular o‘z
farzandlarini aqlli, es-hushli, jismonan sog‘lom,
diyonatli, e’tiqodli,
jamiyat va Vatanga foydasi tegadigan insonlar qilib tarbiyalash haqida
qayg‘urishlari kerak. Farzand tarbiyasida dinimiz belgilab qo‘ygan
muhim
qoidalardan yana biri bolani yoshligidan jamiyat orasida o‘zini chiroyli tutish,
barchaga barobar samimiy, kamtarin kabi odoblarga o‘rgatishdir.
Farzand
ulg‘ayib, insonlar bilan o‘zaro muomalaga kirishar ekan,
jamiyat orasida
insonni hurmatga sazovor qiladigan umumiy odoblar borki, bularsiz sog‘lom
jamiyatni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ovqatlanish, salomlashish, ruxsat so‘rash,
majlis, so‘zlashish,
hazil-mutoyiba, kasal ko‘rish, ta’ziya bildirish,
aksa urish
va esnash, mehmondorchilik va shu kabi ijtimoiy odoblarni har bir kishi bilishi
va ularga rioya etishi lozim. Bu borada Payg‘ambarimiz (s.a.v.) har bir
narsaning odobini ko‘rsatib berganlar. Sahobalar Rasululloh (s.a.v.)dan:
“Insonga ato qilingan eng yaxshi narsa nima?” deb so‘rashganda,
“Go‘zal xulq”, deb javob berdilar. Boshqa bir hadisda: “Payg‘ambar
qilib yuborilishimning boisi go‘zal axloqni takomiliga yetkazishdan
Dostları ilə paylaş: