132
“Shiddat ila muomala qilgan kishilarga man viqor va halimlik
ila muqobila qilurman, chunki hilm, shiddatni, xusumatni past
qilur. Lekin kishini ojiz va xorlik darajasiga tushuradurgan
halimlikdan man bezor”.
Suqrot hakim
Ma’rifatli, ma’naviyati yuksak bo‘lgan insonlar muomala madaniyatida
ko‘pchilikka ibrat bo‘la oladi. Xushmuomalalik, xushfe’llik, beozorlik,
muloyimlik, hayo-ibolilik ularning husniga husn, obro‘siga obro‘ qo‘shgan.
“Vafosizda hayo yo‘q, hayosizda vafo yo‘q”.
Alisher Navoiy
Beandishalilik, befahmlik, befarosatlik esa kishini aqldan, hayodan judo
qiladi. Sharq odobnomasida qayerga borish, qanday so‘rashish, qayerda
o‘tirish, qanday so‘zlash, kimlarning suhbatida bo‘lish muomala
madaniyatining mezonlari sifatida ko‘p bor tilga olingan.
“Shirin so‘zli shilgay dushman po‘stini, dag‘al
so‘zli dushman qilgay do‘stini”.
Sa’diy Sheroziy
Jon ozig‘i ham, qozig‘i ham, yaxshi so‘z bilan ilon inidan, yomon so‘z
bilan pichoq qinidan chiqishi borasidagi dono xalqimizning untirishlari
zamirida
ham
muomala
madaniyati
mavjudligini
inkor
etib
bo‘lmaydi. Sharqona lutf, sharqona tavoze’dan bexabarlik insonning ne
kuylarga solmaydi.
Dunyo go‘zallik qonuniyatlariga binoan qurilarkan, demak, insonning
xulqi va nutqi ham, ko‘rinishi va kiyinishi ham, munosabati va muloqoti ham
go‘zal bo‘lishi maqsadga muvofiq. Xalqimizning
Dostları ilə paylaş: