Mahalla va oila


Halimtabiatlilik muloyimlikdir



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

Halimtabiatlilik muloyimlikdir.
Jahl qilish, g‘azablanish ularga yot 
bo‘lishidan tashqari, fikrini bosiqlik, vazminlik bilan yetkazuvchi kishilardir. 
Jahlning jilovi shaytonning qo‘lida. Halimtabiat inson o‘zgani emas, o‘zini 
yenga olgan kishi mard hisoblaydi. Bu ularning shiori. Demak, insonlararo 
muomalada chin inson bo‘lmak uchun havasning qo‘liga nafsning jilovini 
bermaydirgan, bo‘lar-bo‘lmas narsalardan achchig‘lanmaydurgan, sovuqqonli, 
yumshoq tabiatli, muloyim so‘zli, halim va sabrli bo‘lmak lozimligi uqtiriladi. 
Shuning uchun ham hadisi shariflardan birida “Hilm xulqlarning sayyididur” 
deyiladi.


132
“Shiddat ila muomala qilgan kishilarga man viqor va halimlik 
ila muqobila qilurman, chunki hilm, shiddatni, xusumatni past 
qilur. Lekin kishini ojiz va xorlik darajasiga tushuradurgan 
halimlikdan man bezor”. 
Suqrot hakim 
Ma’rifatli, ma’naviyati yuksak bo‘lgan insonlar muomala madaniyatida 
ko‘pchilikka ibrat bo‘la oladi. Xushmuomalalik, xushfe’llik, beozorlik, 
muloyimlik, hayo-ibolilik ularning husniga husn, obro‘siga obro‘ qo‘shgan.
“Vafosizda hayo yo‘q, hayosizda vafo yo‘q”. 
Alisher Navoiy 
Beandishalilik, befahmlik, befarosatlik esa kishini aqldan, hayodan judo 
qiladi. Sharq odobnomasida qayerga borish, qanday so‘rashish, qayerda 
o‘tirish, qanday so‘zlash, kimlarning suhbatida bo‘lish muomala 
madaniyatining mezonlari sifatida ko‘p bor tilga olingan.
“Shirin so‘zli shilgay dushman po‘stini, dag‘al 
so‘zli dushman qilgay do‘stini”. 
Sa’diy Sheroziy 
Jon ozig‘i ham, qozig‘i ham, yaxshi so‘z bilan ilon inidan, yomon so‘z 
bilan pichoq qinidan chiqishi borasidagi dono xalqimizning untirishlari 
zamirida 
ham 
muomala 
madaniyati 
mavjudligini 
inkor 
etib 
bo‘lmaydi. Sharqona lutf, sharqona tavoze’dan bexabarlik insonning ne 
kuylarga solmaydi. 
Dunyo go‘zallik qonuniyatlariga binoan qurilarkan, demak, insonning 
xulqi va nutqi ham, ko‘rinishi va kiyinishi ham, munosabati va muloqoti ham 
go‘zal bo‘lishi maqsadga muvofiq. Xalqimizning 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin