O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-561-son Qonunining 15-moddasida xotin-qizlarga
nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, ularni aniqlash hamda
ularga chek qo‘yishning umumiy chora-tadbirlari belgilab berilgan.
128
Jumladan :
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
tazyiq va zo‘ravonlikning sabablari hamda shart-sharoitlari bo‘lgan omillarni tahlil qilish, o‘rganish va baholash;
aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot olib borish;
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik hollarining statistik hisobi va hisobotini yuritish hamda ularni davlat statistika organlariga taqdim etish;
fuqarolarni, ayniqsa xotin-qizlarni o‘z huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari to‘g‘risidagi, shuningdek himoya qilish kafolatlari haqidagi axborot bilan ta’minlash maqsadida axborot-ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish;
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini aniqlashning samarali huquqiy mexanizmlarini joriy etish;
tazyiq va zo‘ravonlik sodir etish xavfi bo‘lgan guruhlarga mansub shaxslarga yoki ularni sodir etgan shaxslarga nisbatan oldini olish choralarini amalga oshirish;
tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatishga va