124
yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash, shuningdek ma’naviy
ziyonni kompensatsiya qilish majburiyatini yuklatish;
tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning qurolni
(bundan xizmat quroli mustasno) saqlash va olib yurish huquqini himoya
orderining amal qilishi yoki unda ko‘rsatilgan muddat davrida cheklash
yoxud taqiqlash, shuningdek qurol sotib olish uchun ruxsatnoma olishga
doir huquqini taqiqlash.
Shuningdek, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan, tazyiq va zo‘ravonlikdan
jabrlanuvchilar himoya orderini olish to‘g‘risidagi ariza bilan shaxsan murojaat
qilishga haqli.
Himoya orderi berilganligi va uzaytirilganligi to‘g‘risidagi axborot vasiylik
va homiylik organiga, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga
24 soat ichida yuboriladi.
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish
bilan
bog‘liq xarajatlar tazyiq o‘tkazganlikda va zo‘ravonlik
sodir etganlikda aybdor
deb topilgan shaxsdan undirilishi mumkin.
👉👉
Topshiriq. “Oiladagi psixologik muhit” savollarga: “Ha”, “Yo‘q”,
“Ba’zan” deb javob bering va tahlil qiling.
1.
Bizning oila juda inoq.
2.
Dam olish kunlari nonushta, tushlik va kechki ovqatni birga iste’mol
qilish odat tusiga kirgan.
3.
Oilaning ba’zi a’zolarining ishtiroki menda norozilik uyg‘otadi.
4.
O‘z uyimda men o‘zimni juda yaxshi his qilaman.
5.
Oilaviy hayotimizda
shunday bir xolat borki, u oila ahilligini
buzib turadi.
6.
Uy sharoitida men hammadan ko‘ra yaxshiroq dam olaman.
7.
Oilada norozilik paydo bo‘lsa, hamma uni tez unutadi.
8.
Oilamizda quvnoq, ko‘tarinki kayfiyat hukmronlik qiladi.
125
9.
Oilada og‘ir, tushkun va tajang muhit yuzaga kelgan.
10.
Oilamizda ba’zi bir a’zolarnnig yoki hammaning baland
ovozda
gapirishlari menga yoqmaydi.
11.
Yo‘l qo‘yilgan xatolar, yaratilgan noqulayliklar uchun kechirim so‘rash
oilamizda odat tusiga kirgan.
12.
Odatda bayramlarni keng nishonlaymiz.
13.
Oiladagi noqulay muhit tufayli uyga borgim kelmaydigan xol tez-
tez bo‘lib turadi.
14.
Uyda meni tez-tez xafa qilib turishadi.
15.
Uyimizdagi sarishtalik meni doim xursand qiladi.
16.
Uyga kelganimda hech kimni ko‘rishni ham, eshitishni ham istamagan
qolat menda tez-tez bo‘lib turadi.
17.
Oiladagi munosabatlar o‘ta taranglashgan.
18.
Men oilamizda ba’zi birovlar o‘zini noqulay his qilishini
bilaman.
19. Biznikiga tez-tez mehmonlar kelib turishadi.
Dostları ilə paylaş: