ularni himoya qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish;
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarga nisbatan ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llash;
aybdorlarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlarni qo‘llash uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
tazyiq va zo‘ravonlik qurbonining murojaati;
jismoniy yoki yuridik shaxslarning xabarlari;
129
tazyiq yoki zo‘ravonlik sodir etish yoxud ularni sodir etishga urinish faktlarining vakolatli organlar va tashkilotlar xodimlari tomonidan bevosita aniqlanishi;
davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan kelib tushgan materiallar. Yuqoridagilardan kelib chiqib, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlar turlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
profilaktika suhbatini o‘tkazish;
himoya orderini berish;
tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus markazlarga joylashtirish;
zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturlaridan o‘tish (Qonuning 22-moddasi). Xulosa qiladigan bo‘lsak, zo‘ravonlik va tazyiqning oldini olish bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim:
fuqarolarga zo‘ravonlik faktlari haqida yoki o‘ziga nisbatan tahdid