205
mexanizm va dvigatel bilan sharnirli tayanchga joylashgan. Bunday
joylashish gayka va vintning strelani ko’tarilgan vaqtida gorizontal
o’qqa nisbatan burilishga imkon beradi.
Bu turli mexanizmlarning
massasi kichik, tayyorlash esa oddiydir.
15.6-rasm, b da ko’rsatilgan gidravlik mexanizm gidrotsilindr 1,
porshen shtogi 2 dan iborat. Bu turli mexanizmning massasi uncha katta
emas, ishga tushirish va to’xtatish juda ravon, tayyorlanishi murakkab
va narxi qimmat.
15.6-rasm, a da ko’rsatilgan reykali
mexanizm tishli reyka va
yetaklovchi shesternyadan iborat. Reyka strela 3 bilan sharnir orqali
briktiriladi. Bu mexanizmning vazni yengil va tayyorlanishi oddiy. 15.6-
rasm, g da ko’rsatilgan sektorli mexanizm tishli sektor 2 va yetakchi
shesternya 1 dan iborat. Bu mexanizmda strelani kerak bo’lsa, eng pastki
holatga tushirish mumkin. Ammo o’ta og’ir, o’lchamlari
katta va uni
tayyorlash ancha murakkab.
Krivoship-shatunli ilgak qulochini o’zgartirish mexanizmi (15.6-
rasm) krivoshir 1 va koromislo 3 bilan biriktirilgan. SHatun 2 dan iborat.
Koromislo strela bilan tortqi 4 orqali biriktiriladi. Bu
mexanizmlar
ishonchli va xavfsiz ishlaydi, og’irligi bo’yicha eng og’ir mexanizmlar
hisoblanadi.
Ish protsessida inertsiya kuchlari ta’siridan sharnirlarda hosil
bo’ladigan zo’riqishlarni kamaytirish uchun ilgak qulochini o’zgartirish
mexanizmlarida zvenolarning birikkan sharnirlarida amortizatorlardan
foydalaniladi.
15.4. Burish mexanizmlari
Burish mexanizmlari kran metall konstruktsiyasini va yukni burish
uchun xizmat qiladi.
Aylanuvchi kranlarni bir-biridan printsipial
farqlanuvchi ikki
gruppaga bo’lish mumkin. Birinchi gruppaga shunday aylanuvchi
kranlar kiradiki, ularning yuk ko’taruvchanligi quloch uzunligiga bog’liq
bo’lmaydi.
Ikkinchi gruppaga strelali kranlar kiradi. Ularning yuk
ko’taruvchanligi quloch o’zgarishiga bog’liq bo’ladi.
Burish
mexanizmlari kranning qo’zg’almas yoki aylanuvchi qismiga o’rnatilishi
mumkin.
Burish mexanizmi kranning qo’zg’almas qismiga o’rnatilganda,
kranning aylanuvchi mexanizmiga nisbatan harakatlanadi.
Agar burish mexanizmi kranning aylanuvchi qismiga o’rnatilsa, u
bilan birgalikda harakatlanadi.
206
15.7-rasmda kran metall konstruktsiyasining buriladigan qismiga
joylashgan burish mexanizmi tasvirlangan. Bu holda kichik burish
tezligini
olish uchun, odatda, chervyakli uzatma 4 ishlatiladi. Yuqori
FIK ni olish uchun va shuningdek, kranni to’xtatganda uzatmalarda hosil
bo’ladigan zarbli nagruzkalar ta’sirini yo’qotish uchun o’z-o’zidan
tormozlanadigan chervyakli uzatma ishlatiladi. Ushbu mexanizmda
saqlovchi mufta 6 ko’zda
tutilgan, uning siljuvchi elementi shponkada
val bo’yicha sirpanadi va prujinada 5 bosimi ta’sirida bo’ladi.
CHervyak g’ildiragi val 7 da erkin o’tiradi. CHervyak valiga
tormoz 2 o’rnatilgan chervyak vali elektr dvigatel 1
rotori bilan
kompensatsiyalovchi mufta 3 yordamida birikkan. Aylanma harakat
chervyak g’ildirak validan kran kollonnasiga 8 tishli uzatma yordamida
uzatiladi.
Dostları ilə paylaş: