O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov


–rasm. Yuk avtomobilarining kuch uzatmalari



Yüklə 8,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/126
tarix15.09.2023
ölçüsü8,76 Mb.
#143732
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   126
Кщнвейр лента узб 2

 
5.2–rasm. Yuk avtomobilarining kuch uzatmalari. 
 
a) g’ildirak formulasi 4

2; b) g’ildirak formulasi 6

4; v) g’ildirak formulasi 6

6; 
g) differentsial sxemasi. 
1-dvigatel, 2-mufta, 3-uzatmalar qutisi, 4-kardan val, 5-bosh uzatma, 6-
differentsial, 7-yarim o’q, 8-ketingi g’ildirak, 9-oldingi g’ildirak, 10-etakchi 
ko’prik, 11-uzatmalar qutisi, 12-oldingi yetakchi ko’prik,
13-satellit shesternya, 14-differentsial qutisi, 15-konussimon shesternya. 
5.2, b-rasmda uch o’qli va ikki yetakchi ko’prikli avtomobil 
ko’rsatilgan. 5.2, v-rasmda esa uchta yetakchi ko’prikli avtomobil 
ko’rsatilgan. Oldingi ko’prik 12 ham yetakchi, ham boshqaruvchi 
xizmatini o’taydi. 
Bosh uzatma 5 konussimon g’ildirak va shesternyalardan iborat. 
Konussimon g’ildirak burilishlarda avtomobil yetakchi g’ildiraklarining 
turlicha aylanish sonida aylanishini ta’minlaydigan differentsialga 
ulanadi. Bosh uzatma, yetakchi g’ildiraklar 8 mahkamlangan yarim 
o’qlari va differentsial 6 temir g’ilof ichiga joylashtirilgan. Bularning 
hammasi orqa yetakchi ko’prik deyiladi. Avtomobilni chapga yoki 
o’ngga burish uchun boshqariluvchi old g’ildiraklar 9 ni buruvchi rul 
mexanizmi 
xizmat 
qiladi. 
Avtomobil 
g’ildiraklari to’xtatish 
barabanlariga o’rnatilgan to’xtatgichlar bilan to’xtatiladi. To’xtatgichlar 
tepki yoki richaglar bilan boshqariladi. 
5.3. Maxsus avtomobillar 
Maxsus ixtisoslashtirilgan avtomobillar bir yoki bir necha bir jinsli 


50 
yuklarni tashishga mo’ljallangan. Bunday yuklarni transportirovka 
qilishda o’ziga xos xususiyatlari va sharoitlarni inobatga olish zarur. 
SHuning uchun bunday yuklarni trans-portirovka qiluvchi avtomobillar 
maxsus qurilma va uskunalar bilan jihozlangan bo’ladi.
Sanoatda maxsus avtomobillarni qo’llash ish unumdorligini 
oshishi, mahsulot sifatini saqlanishi va tannarxni kamayishi imkoniyatini 
tug’diradi. Hozirgi davr sanoat korxonalarini maxsus avtomobillarsiz 
tasavvur qilish qiyin.
Bu turdagi transport vositalari tashishda o’ziga xos shart-sharoitlari 
bilan farq qiluvchi bir yoki bir necha o’zaro o’xshash (bir jinsli) yuklarni 
tashishga mo’ljallangan, ular yuklarni qurilish ob’ektlariga to’la va 
yaxshi sifatli holda yetkazib berish hamda yuklash-tashish ishlarida 
kompleks mexanizatsiyani ta’minlovchi moslama va qurilmalar bilan 
jihozlangan bo’ladi. 
Ko’pchilik maxsus transport vositalari tirkama va yarim 
tirkamalardan iborat bo’lib, ular yuk avtomobillari, pnevmog’ildirakli 
shatakchilar va traktorlarga almashib tirkab ishlatiladi, bu esa baza 
mashinalaridan yanada samarali foydalanish imkonini beradi. 
Hozirgi zamon maxsus transport vositalari tuproq sochiluvchan va 
palaxsasimon yuklarni (samosvallar), suyuq va yarim suyuq yuklarni 
(bitum, ohak, beton va korishma tashuvchilar), kukunsimon yuklarni 
(sement tashuvchi), mayda donali va idishga solingan yuklarni 
(konteyner tashuvchi), uzun o’lchamli yuklarni (truba, metall, yog’och 
tashuvchilar), temir-beton kons- truktsiyalarni (panel, ferma, plita, balka, 
blok, santexkabina tashuvchilar) texnologik uskunalar va qurilish 
mashinalarini (og’ir yuk tashuvchilar) tashish uchun mo’ljallangan. 
Maxsus avtomobillar turkumiga avtomobil-samosval, avtomobil-
furgon, avtomobil-tsisterna, maxsus truba, panel va fermalarni
transportlovchi mashinalar kiradi. Ko’pchilik maxsus transportlovchi 
vositalar shataklanuvchi va yarim shatakl-anuvchilarni shataklash uchun 
mo’ljallanadi, shuning uchun, bunday mashinalar bazasini ishlatish juda 
effektivdir. 
Avtomobil-samosvallar yuklarni tog’orasimon, trapetsiya nusxa va 
to’g’ri to’rtburchak ko’rinishdagi, orqa va yon tomonga ag’dariladigan 
kuzovlarda tashiydi. Vazifalariga ko’ra maxsus karerlar uchun va 
umumqurilish ishlariga mo’ljallangan universal samosvallar (5.6-rasm) 
bo’ladi. Universal samosvallar 4 – 30 t gacha yuk ko’tara oladi va 
tuproq, shag’al, chaqiqtosh hum, asfalt, beton aralashmasi va qurilish 
qorishmasi hamda unga o’xshaganlarni tashish uchun xizmat qiladi. 


51 
Hozirgi universal samosvallar yuk avtomobillari bazasida ishlab 
chiqarilib, ular gidravlik ko’targich mexanizmlar bilan jihozlangan. 
Ularning gidrotsilindrlari vertikal, gorizontal va qiya ko’rinishda bo’lib, 
avtomobil ramasiga, kuzov oldi qismining tagiga yoki bortining old 
tomoniga (5.6- rasm, 
a)
joylashtirilgan bo’lishi mumkin. 
Qurilishda avtomobil-samosval mashina va tirkama ag’darma 
mashina yoki o’rindiqli shatakchi va yarim tirkamalardan iborat o’zi 
ag’daradigan avtopoezdlar keng qo’llanmoqda (5.3-rasm). Avtomobil-
samosval mashinalar ikki tomonga, tirkama-ag’darma mashinalar esa 
ikki tomonga va orqaga ag’darishi mumkin. 
a) b) 

Yüklə 8,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin