48
burovchi moment muftalar tishlashi orqali uzatmalar qutisiga uzatiladi.
Kuzovlarining tuzilishi bo’yicha yuk avtomobillari maxsus va
umumiy yuk tashish mashinalariga bo’linadi.
Maxsus yuk tashish avtomobillari biror aniq
qurilish materiallarini
tashish (sement, truba, ferma, panel, balka va boshqalar) uchun
jihozlangan bo’ladi.
Umumiy yuk tashishga mo’ljallangan
mashinalar kuzovi ochiq
bo’lishi, ba’zilari o’zi ag’daradigan hamda ikki tomonga, o’ngga,
chapga va orqaga ag’daradigan bo’lishi mumkin. SHu kabi umumiy yuk
tashish avtomobillari har xil qurilish materiallarini
tashish uchun
mo’ljallangan.
Yuk tashish avtomobillari tuzilish xususiyatlariga ko’ra dvigateliga,
o’tuvchanligiga va yuk ko’tarish qobiliyatiga ham qarab turlanadi.
Yuk avtomobillari dvigateli bo’yicha benzin yoki gazda ishlovchi
(karbyuratorli), og’ir yoqilg’ida ishlovchi (dizelli) va gazotrubinalilarga
bo’linadi. Dizel dvigatelli avtomobillar qurilish ishlarida ko’plab
qo’llanilmoqda.
Har xil ishlar uchun mo’ljallangan
yuk tashish avtomobillari
tuzilishiga ko’ra bir o’qli (5.1-rasm, a) va ikki o’qli (5.1-rasm, b)
bo’ladi. Bir o’qli mashinalarning o’qiga 60
100 kN kuch tushadi.
Bortli avtomobillar asosida yuk tashuvchi shataklovchilar ham
yaratilgan (5.1-rasm v). Bu shataklovchilarda rama 3
ga yarim
tirkamadan zo’riqish kuchini qabul qilib oluvchi maxsus taglik plita 4
o’rnatiladi. Bu mashinalar og’ir yuklarni tashishda keng qo’llaniladi.
Yuk ko’tarish qobiliyatiga qarab dvigatelning quvvati umumiy yuk
tashish avtomobillari uchun 60-220 kVt va maxsus avtomobillar va
shataklovchilar uchun 500 kVt ga teng. Yuk ko’tarish qobiliyatiga ko’ra
avtomobillar: yengil, o’rta, og’ir va o’ta og’ir yuk ko’taruvchi
mashinalarga bo’linadi.
Bir va bir necha yetakchi o’qlar bilan
ishlaydigan kuch uzatmalar
(5.2–rasmga qarang) qurilish mashinalarida qo’llaniladi.
Dvigatel 1 hosil qiladigan burovchi moment yopiq friktsion
ilashish muftasi 2 bilan uzatmalar qutisi 3 ga uzatiladi.
Pedalni bosib,
muftani ajratish va ishlayotgan dvigatelni kuch uzatmasidan uzish
mumkin.
Uzatmalar qutisi 11 dan aylanma harakat bosh uzatma 5 ga kardan
val 4 yordamida uzatiladi. Kardanli birikmalar
aylanma harakatni
ramaga mahkamlangan uzatmalar qutisidan keyingi orqa ko’prikka
o’zgaruvchan burchak ostida uzatishni ta’minlaydi (5.2–rasm).