"eshmonbek" qissasida milliy ruh talqini


Journal of Advanced Research and Stability



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix16.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#144000
1   2   3   4   5   6
ANVAR SUYUN

Journal of Advanced Research and Stability 
ISSN: 2181-2608 

www.sciencebox.uz/ 
128
“Lifelong Learning and Teaching Problems of XXI Century”
 

 
Special Issue | 2022

deydi: “Choshgohda yo'lga chiqsang safaring o'ng bo'ladi. Kun chiqarga yuraversang
ro'parangdan daryo chiqadi. Manavi moyni badaningga surkab o't, emasa, nahanglarga yem 
bo'lasan. Yana uch kechayu uch kunduz yurganingda xonaqoga duch kelasan. Hovlisiga qurbaqa 
tushmaydigan hovuz bor. Qirq kun yuvinib chilla saqlaysan. Chap tomondan tepasida qor 
turmaydigan tog' bor. Etagida har peshin elvagezak esadi. Ana shu epkinda to'qqiz kun 
toblanasan. Etikan yulduzini mo'ljal olib uch kecha yursang Azlar pirimning ravzasiga borasan. 
Bu yerdan qishin-yozin g'oz ketmaydi. Shu qushlardan biri qolgan yo'lni ko'rsatadi” kabi 
yo'lchilar ko'pchillik dostonlarda uchraydigan g'oyibona ilohiylik bitikda ham o'z aksini topgan. 
Namoyon bo'ladi-ki, bitikdagi har bir aytimlarda folklorga xos jihatlar kitobxon e'tiborini tortadi, 
tortibgina qolmay balki milliy ruhiyatimiz singdirilgan dostonlardan: “Alpomish”, 
”Kuntug'mish”, “Ravshan” singari o'zbek xalqining nodir durdonalarini ko'z o'ngida tasvirladi. 
Eshmonbek qissasida biz milliy ruhiyatimizni ko'ramiz. Eshmonbek qissasida ham 
dostonlarimizda aks etgan proza va poemalar ko'p. Eshmonbek folchi aytgan topshiriqlarni to'la-
to'kis bajaradi. Bajarganligi sababli ishlari o'ngidan keladi. Sirlarga boy bo'lgan bu qissada har 
bir obraz muloqotida dostondagidek aytimlar keltirilgan. Umuman olganda ifodalanishini ko'rib 
dostoniy qirralar yorqin ko'rinadi. Qissada voqeadan voqeaga ko'chish jarayoni ham 
dostonlardagidek keltirilgan. Ustoz Qozoqboy Yo'ldoshev qissani shunday deydi: 
“Muallif obrazlar ruhiyatini ko'rsatish borasida nasrdan va nazmdan foydalanishda mahoratini 
ishga solgan. Obraz ruhiyatini ifodalashda og'zaki nutq tasviridan ham foydalanilgan. O'raylar 
hukmdori-farzandsiz Oltintosh holati: “Ot ustidan engashib ignanikezlari unchalik ham parvo 
qilmagan, shirnoq ko'ngliga kelmagan. Yillar belidan olib, betiga turish solib bola esiga 
keladigan bo'ldi” shaklida beriladiki, bu ifoda og'zaki ijod namunalariga misol bo'ladi”. 
Kitobxon qissani o'qirkan albatta o'z-o'zidan savol tug'iladi. Folklor shaklidan foydalanganning 
boisi nimada? Yozma adabiyotlarda bunday tasvirlardan foydalanilmaydiku? Uzoq o'tmishdagi 
odamlar hayoti hikoya, qissa, doston yoki roman yozishi mumkin-ku? Yozuvchi qadim 
zamonlarda yashab o'tgan kishilar hayoti, milliy ruhiyati va kayfiyatini o'tmishning o'ziga xos 
uslubdan, uning asl ohangini aks ettiradigan shaklda ifodalashni maqsad qilib olgan. Qissani 
o'qigan kitobxon ijodkorning o'sha muhitni tasvirlashidan go'yoki qahramonlardan biriga aylanib 
qolgandek his qiladi. Boshqacha qilib aytganda , romantik odamlarning sarguzashtli hayot tarzini 
romantik tasvir yo'sinda ko'rsatib bergan. Natijada, ob'yektiv hayot tasvirini sub'yektiv tasvirga 
aylantirganligi o'tkir yozuvchiligini tan olasiz. Yozuvchi Anvar Suyunning “Eshmonbek” 
qissasiga nazar solgan o'qirman yozuvchining so'z san'atidan foydalanishi, hamda asardagi 
estetik va falsafiy mohiyatini adabiy folklor darajasiga olib chiqqaniga imon keltiradi. 
Folklorning muazzam janri bo'lmish eposni millat tarixining zerikarli raqamlardan xoli bo'lgan, 
qiziqarli va zavqli tarixiga oʻxshataman. Tarixiyligi deganimizda bir qancha urug'lar borligi 
go'yoki, tarixga o'xshaydi. Masalan: Tuyoqli, O'raylar, Tulkichi, Xitoyi, Mitanlar, Laqallar, 
Cho'potlar, Kesamirlar, Merkitlar,Yovmitlar, Qang'lar va Oyinlilar kabi urug'lar qissada yoritib 
berilgan. Bu urug'larni keltirishi bilan ijodkor o'zbek millatining etimologiyasini tasvirlagan. 
Folklorshunos Lotin Amerikalik ulug' adiblardan biri Xorxe Luis Borxes: “Adabiyot mif bilan 
boshlanib, mif bilan tugaydi”, – deydi. Buni boshqacharoq qilib aytadigan bo'lsak, har qanday 
sanʼat, jumladan, badiiy so'z sanʼati ham folklor bilan boshlanib, folklor bilan birga taraqqiy 
etadi. Shuni aytish kerak-ki, adabiyot folklor qoidalariga asoslanib yozilsa mazmun mohiyati 
ravshanlashadi.
Baʼzi holatlarda epos millat adabiyoti uchun o'q ildizlik vazifasini bajaradi. Yana 
shuni aytish kerakki, folklor uslubi yozuvchiga o'tmishdagi ajdodlarning hayoti va ruhiyatini 
bugungi odam sifatida tashqaridan turib emas, balki olis kechmishga ko'chib ichdan aks ettirish 
imkonini beradi. Anvar Suyunning “Eshmonbek” qissasida folklorga xos belgilar ko'p va xo'p. 
Bunday ijodiy namunalar adabiyotimizda kamyob hodisadir. Qissada keltirilgan tuyoqlilar xoni 



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin