Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar



Yüklə 3,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/140
tarix16.09.2023
ölçüsü3,47 Mb.
#144022
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   140
Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar

8088/8086 protsessorlari 
1978 yilning iyunida Intel o‘zining ya’ngi 8086 protsessorini taqdim etib
inqilob sodir etdi.Bu bozordagi ilk 16-razryadli mikroprotsessorlar edi; u vaqtda 
barcha boshqa protsessorlar 8-razryadli edi. 
8086 protsessori 16-razryadli ichki registrlarga ega bo‘lib va 16- razryadli
yangi toifadagi dasturiy ta’minotni bajara olar edi.
U, shuningdek,16-razryadli tashqi shinaga ega bo‘lib, bir vaqtda 16 bit 
ma’lumotni xotiraga uzata olar edi.Manzil shinasining razryadi 20 bitni tashkil 
qilar edi va 8086 protsessori 1 Мbayt (20-darajadagi 2) sig‘imli xotirani manzillay 
olar edi. O‘sha vaqtda bu mo‘jiza tuyular edi, boshqa ko‘pchilik mikrosxemalar 8-
razryadli ichki registrlariga, 8-razryadli malumotlarning tashqi shinasiga va 16-
razryadli manzil shinasiga ega bo‘lib, 64 Kbayt dan ko‘p bo‘lmagan operativ 
xotiranigina manzillay olar edi (16 –darajadagi 2).
8086 protsessorining narxi ancha yo‘qori edi- uning uchun arzonroq 8-
razryadli emas,16-razryadli ma’lumotlar shinasi talab qilinar edi. O‘sha vaqtda 8-
razryadli tizimlarning narxi arzonroq bo‘lganligi uchun, 8086 protsessorlari kam 
sotilar edi. Inteldagilar foydalanuvchilarning 16 qoshimcha unumdorlikka ortiqcha 
harajat qilishni istashmayotganini tushunib etdi va biroz vaqtdan so‘ng 8088 deb 
atalgan 8806 protsessorning “kesik ” talqinini taqdim etdi.Unda, malumotlar 
shinasidagi 16 razryaddan 8 tasi olib tashlangan va 8086 protsessori 
ma’lumotlarni kiritish va chiqarishga nisbatan 8-razryadli mikrosxema sifatida 
qaraladi.Biroq,unda 16-razryadli ichki registrlar va 20-razryadli manzil shinasi 
to‘la saqlanib qolganligi uchun 8086 protsessori 16-razryadli dasturiy ta’minotni 
bajarar edi va 1 Мbayt sig‘imli operativ xotirani manzillay oladi. 
IBM PC ning ilk kompyuterlarida 4,77 MGts takt chastotali 8088 
protsessorlardan foydalanilar edi, ya’ni bir sekundda 4 770 000ta takt bajarilar edi. 
8088 va 8086 protsessorlarning buyruqlari uchun o‘rtacha 12 takt zarur bo‘lar edi. 
Ba’zida, 8088 protsessor 1Mbayt sig‘imdagi asosiy xotirani manzillay olsa ham, 
nima uchun kompyutyerdagi asosiy xotiraning sig‘imi 640 Kbayt bilan 
chegaralanadi degan savol tug‘iladi. 
Buning sababi, IBM boshidanoq manzil fazosining yo‘qori qismida 384 
Kbaytni adapter platalari va tizimli BIOS uchun rezervlab qoyadi. Qolgan 640 
Kbayt DOS va dastur –ilovalar uchun foydalaniladi. 
80286 (yoki,oddiygina 286) protsessorida 80186 va 80188 protsessorlari
uchun xarakterli bo‘lgan, moslashuvchanlik muammosi tug‘ilmaydi. U 1981 yili 
paydo bo‘ldi,va uning asosida IBM AT kompyuteri yaratildi. Shundan so‘ng, 50 
va 60 rusumdagi ilk PS/2 yaratildi (PS/2 keyingi rusumlari 386 va 486 


protsessorlari asosida uaratildi). Bir nechta firmalar, AT sinfiga tegishli 
kompyuterlarning analoglarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirib oladi.
AT kompyuteri uchun, asos sifatida 286 protsessorining tanlanishi uning 
8088 protsessori bilan moslashuvchan bo‘lganligi bilan bog‘liqdir, ya’ni IBM PC 
va XTlar uchun ishlab chiqilgan dasturlar AT uchun ham to‘g‘ri kelar edi. 286 
protsessorlari o‘zidan oldingilariga qaraganda yo‘qori tezlikka ega bo‘lib, shu 
sababli, bu kompyuterlar keng qo‘llanila boshladi. 6 MGts takt chastotali AT 
birinchi kompyuterining unumdorligi IBM PC (4,77 MGts) unumdorligidan besh 
baravar ortadi. Buyruqlarning o‘rtacha 4,5 taktda bajarilishi, 286 protsessorli 
kompyuterlarining unumdorligi yo‘qori bo‘lishining bosh sababidir. Undan 
tashqari, 16-razryadli tashqi shina tufayli ma’lumotlar almashish tezligi ikki 
marotaba oshdi. 
AT kompyuterlarining yana bir sababi protsessorning takt chastotasining 
ortishidadir. Quyidagi 6, 8, 10, 12, 16 va 20 MGts takt chastotali protsessorlar 
mavjud. 
Oldingi protsessorlarda bu ko‘rsatgich 8 MGts dan oshmas edi. Takt 
chastotalari bir hil bo‘lganda ham oxirgisining unumdorligi taxminan 3 marta 
ko‘proqdir.
286 protsessori real va himoyalangan deb ataluvchi ikkita bir-biridan farq 
qiluvchi rejimda ishlaydi. Real rejimda 8086 protsessoriga ekvivalent va obekt 
kodi bo‘yicha 8086 va 8088 protsessorlari bilan moslashuvchan. Bu, ular uchun 
mo‘ljallangan dasturlarni va buyruqlarni modifikatsiyasiz bajara olishini bildiradi . 
286 protsessori himoyalangan rejimda butunlay boshqa rusumga aylanadi. Agar 
bajaralayotgan dastur, uning yangi imkoniyatlarini e’tiborga olib yozilgan bo‘lsa, 
protsessor 16 Мbayt Real xotiradan manzillay olishi mumkin bo‘lsa ham, u 1 
Gbayt virtual xotiraga ega bo‘lishi mumkin. 286 ko‘zga ko‘rinarli kamchiligi 
oldindan apparatli sbros (tushirish ) ya’ni, kompyuterni issiq qayta yuklanishini 
amalga oshirmasdan himoyalangan rejimdan real rejimga o‘ta olmaydi. Real 
rejimdan himoyalangan rejimga sbrossiz o‘ta oladi. Shuning uchun, 386
protsessorining asosiy ustunligi uning real rejimdan himoyalangan rejimga va 
aksincha, dasturiy ulanmasdan o‘ta olishidadir. 

Yüklə 3,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin