Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar



Yüklə 3,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/140
tarix16.09.2023
ölçüsü3,47 Mb.
#144022
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   140
Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar

 
80386 protsessorlari 
80386
protsessori (386) oldingi yaratilgan kompyuterlarga nisbatan 
unumdorligi g‘oyat yo‘qoriligi uchun kompyuterlar olamida haqiqiy shov- shuvga 
sabab bo‘ldi. Bu 32-razryadli protsessorining yaratuvchilari maksimal 
unumdorlikka va ko‘p masalali operatsion tizimlar bilan ishlash imkoniyatiga 
erishishni ko‘zlagan edilar . 
Intel 386 protsessorini 1985 yili chiqardi,uning asosidagi tizimlar esa
masalan, Compaq Deskpro 386 va boshqalar 1986 yili oxirida 1987 yil boshida 
paydo bo‘la boshladi. Keyinroq IBM 80 rusumdagi PS/2 sinfidagi kompyuterni 
chiqardi. 386 protsessori 1991 yilgacha birinchilikni ushlab turdi, so‘ng uni 
mukammalroq bo‘lgan va kundan-kunga arzonlashayotgan 486 va Pentium 
protsessorlari siqib chiqara boshladi. Biroq u qimmat bo‘lmagan va o‘zining vaqti 
uchun yo‘qori unumdorli bo‘lgan portativ kompyuterlarda keng qo‘llanilar edi. 


386 (3.26-rasm) protsessori real rejimda, 8086 va 8088 protsessorlarining 
buyruqlarini taktning kam miqdorida bajara olar edi.Taktlarning o‘rtacha miqdori 
286 niki singari 4,5 ga teng. Shunday qilib, 386 va 286 protsessorli 
kompyuterlarning takt chastotalari teng bo‘lganda, “toza ” unumdorligi ham teng 
bo‘ladi. Kompyuterlarni 286 protsessorning bazasida ishlab chiqaruvchi ko‘p 
firmalar ularning takt chastotasi 16 va 20 MGts ga teng bo‘lgan tizimlarining 
tezligi, 386 protsessorli, huddi shunday kompyuterlarning tezligiga tengligini 
tasdiqlar edilar.Va ular xaq edilar! 386 protsessorning real unumdorligi
qo‘shimcha dasturiy imkoniyatlarni kiritish va MMU (MemoryManagement Unit) 
xotira dispetcherini mukammallashtirish hisobiga erishildi. 
386 protsessori himoyalangan rejimga va real rejimga kompyuterni oldindan 
qayta yuklamasdan o‘ta oladi. Bundan tashqari,real rejimda bir-biridan 
himoyalangan birdaniga bir nechta rejimlar bajariladigan virtuyal rejimlar (
virtual 
real mode
) bajarilishi ko‘zda tutilgan. 
386 protsessorining himoyalangan rejimi 286 protsessorining 
himoyalangan rejimi bilan to‘la moslashuvchan. Uni ko‘p hollarda tabiy (
native 
mode
) deb ataladi,chunki ikki protsessor ham OS/2 va Windows NT operatsion 
tizimlar uchun ishlab chiqilgan. Yangi MMU xotira dispetcherining ishlab 
chiqilishi, himoyalangan 
rejimda 
xotirani 
manzillashning 
qo‘shimcha 
imkoniyatlarini tug‘dirdi.Chunki, yangi MMU 286 protsessorining huddi shunday 
tuguni bazasida ishlab chiqilgan, 386 protsessorining buyruqlar tizimi 286 bilan 
to‘liq moslashuvchan edi. 386 protsessoridagi yangicha usul, 8086 protsessorining 
ishiga taqlid qiladigan, virtual rejim o‘rnatilishidir.
Biroq bunda DOS va boshqa operatsion tizimlarning bir nechta 
shinalari,o‘zining himoyalangan xotira qismlaridan foydalanib, bir vaqtda ishlay 
oladi. . 
Bir qismdagi dasturning ishlamay qolishi yoki osilib qolishi tizimning 
alohida bo‘limlariga ta’sir ko‘rsatmaydi. Ishdan chiqqan nusxani qayta yuklash 
mumkin .386 protsessorning turli ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ular samaradorligi 
bilan, iste’mol qiladigan quvvati va boshqa parametrlari bilan bir-biridan farq 
qiladi. 

Yüklə 3,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin