Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar



Yüklə 3,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/140
tarix16.09.2023
ölçüsü3,47 Mb.
#144022
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   140
Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar

 
80486 protsessorlari
80486 (yoki 486) 
protsessolarining yaratilishi 
kompyuterlar tezligining 
ortishida keyingi bosqich bo‘ldi. 486 protsessorida 386 ga qaraganda 
samaradorlikning ikki marta ortishiga,kiritilgan qator yangiliklar sabab bo‘ldi. 

buyruqlarning bajarilish vaqtini kamaytirish. 486

protsessorida 
o‘rtacha bitta buyruq 2 taktda, 386 da esa 4,5 taktda bajariladi. 

birinchi bosqichli ichki qurilgan kesh –xotira. 
Ichki
 
qurilgan kesh –xotira 90–95% tushish koeffistientini
 
ta’minlaydi. 
Qo‘shimcha keshdan foydalanish esa, bu koeffitsientni yanada orttiradi. 
Xotiraning qisqartirilgan sikllari (burst mode). Standart 32-razryadli xotira 
almashuvi 2taktda ro‘y beradi. Standart 32-razryadli xotira almashuvidan so‘ng,har 
biriga 2 taktning o‘rniga 1 taktdan ketirib 
 
3 martagacha xotira almashishini 
amalga oshirish mumkin. Natijada ma’lumotlarning 16 ketma –ket bayti 8 


baytning o‘rniga 5 taktda uzatiladi. 8 yoki 16-razryadli xotira almashishida yutuq 
bundan ham kattaroq bo‘lishi mumkin.

ba’zi rusumlarda Ichiga qurilgan (sinxron)soprotsessor
.
 
Soprotsessor 
asosiy 
protsessor 
ishlaydigan 
takt 
chastotasida 
ishlaydi,shuning uchun matematik operatsiyalarni bajarishga kam sikl sarf qiladi. 
Ichki soprotsessorning samaradorligi tashqi bilan taqqoslaganda 2-3 marta 
yo‘qori
.
486 prorsessorining tezligi 386 ga qarganda ikki marta katta, ya’ni 20 
MGts dagi 486SХ protsessorning samaradorligi 40 MGts dagi 386 DX 
protsessorinikiga teng
.
Quyi chastotali 486 protsessori yo‘qori tezlikka ega bo‘lishi 
bilan birga, yana bir ustunligi mavjud: uni unumdorligi yanada yo‘qori bo‘lgan 
DX2 yoki DX4 lar bilan almashtirish mumkin. Bundan 486 protsessori nima uchun 
386 ni siqib chiqarganligini tushunarlidir. Tezligi yo‘qori bo‘lgan Pentium 
protsesori chiqishi bilan, Intel firmasi 486 sinfiga tegishli bo‘lgan protsessorlar 
narxini tushira boshladi. 486 protsessorining ko‘plab modifikatsiyalari ishlab 
chiqildi. Bularga soprotsessorli, soprotsessorsiz, 16 dan 120 MGtsgacha takt 
chastotali, energiya ta‘minotini pasaytiruvchi qurilmali, 3,3 V kuchlanishli 
protsessor (energiya ta’minotini yanada kamaytirar edi) va boshqalar kirar edi.
1989 yili birinchi 486DX mikrosxema ishlab chiqilgan vaqt oralig‘ida , bunday 
protsessorlarning butun sinfi yaratildi. Ular bir-biriga juda o/xshash bo‘lib , turli 
tezlik va chiqishlar ajratmasiga ega edi. Ularni tuzilmali bajarilishi va takt 
chastotasi bilan farq qiluvchi, quyidagi bir necha guruhlarga ajratish mumkin: 

486SХ soprotsessorsiz; 

486DХ soprotsessorli; 

486DХ2 ukkulangan tezlikdagi (OverDrive) va soprotsessorli; 

486DX4 uchlangan tezlikdagi va soprotsessorli;
Maksimal 
chastotali 
protsessor 
kichik 
chastotalarda 
ham 
ishlay 
oladi.Masalan, 100 MGts takt chastotali 486DX4 protsessori ishchi chastotasi 25 
MGts li tizimli plata tarkibida 75 MGts da ishlay oladi. DX2/OverDrive 
protsessorlarida ichki amallar, tizimli plataning ishchi chastotasidan ikki marta 
ortiq bo‘lgan chastota bilan bajariladi. DХ4 protsessorida esa bu koeffitsient 2, 2,5 
yoki 3 ga teng bo‘lishi mumkin. 486 protsessori tezligi yo‘qligi bilangina emas, 
chiqishlar ajratmasi bilan ham farq qiladi. Ularning DХ, DХ2 va SХ turlari bir hil 
168 korpuslarda,
 OverDrive 
mikrosxemalari yoki 168 kontaktli, yoki 169 kontaktli 
modifikatsiyalangan variantda chiqarilmoqda. 
Shu vaqtgacha alohida mikrosxemalar ko‘rinishida ishlab chiqarilayotgan 
kesh-nazoratchi, kesh-xotira va soprotsessor kabi qurilmalari protsessorning 
tarkibiga kiritilishi, 486 protsessorining yo‘qori unumdorligiga sabab bo‘ldi.Yana 
bir hususiyati uni sodda qayta ishlash mumkinligidir.Ko‘p hollarda yangi 
protsessorni o‘rnatish orqali kompyuterning unumdorligini ikki marta orttirish 
mumkin.

Yüklə 3,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin