ShKning asosiy bloklari va ularning vazifalari. Shaxsiy kompyuterning tuzilishi ShKning asosiy bloklari va ularning vazifalarini ko‘rib chiqamiz.
Mikroprotsessor (MP). Bu, ShKdagi markaziy blok bo‘lib, mashinaning
barcha bloklari bajaradigan ishlarni boshqarish hamda axborot bilan arifmetik va
mantiqiy operatsiyalar bajarish uchun mo‘ljallangan.
Mikroprotsessor tarkibiga quyidagilar kiradi:
boshqaruv qurilmasi (BQ) - oldin bajarilgan operatsiyalarning natijalari va
ayni fursatda bajarilayotgan operatsiyadan kelib chiqadigan muayyan boshqaruv
signallarini(boshqaruv impulslarini) shakllantirib, mashinaning barcha bloklariga
zaruriy fursatlarda uzatib boradi;
bajarilayotgan operatsiyada foydalaniladigan xotira uyalarining manzillarini
shakllantirib, ularni EHMning tegishli bloklariga uzatadi; mazkur boshqaruv
qurilmasi impulslarning asosiy izchilligini taktli impulslar generatoridan oladi;
arifmetik-mantiqiy qurilma (AMQ) - sonli va belgili axborot bilan
bajariladigan barcha arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni amalga oshirish uchun
mo‘ljallangan (ShKning ayrim modellarida operatsiyalar ijrosini jadallashtirish
uchun AMQga qo‘shimcha matematik soprotsessor ulanadi);
mikroprotsessor xotirasi (MPX) - mashina ishining bevosita taktlarida
bajarilayotgan hisob ishlarida qo‘llaniladigan axborotni qisqa muddatga yozib
olish va aks ettirish (uzatish) uchun xizmat qiladi. Negaki, asosiy xotira qurilmasi
(AXQ) doim ham tez ishlovchi mikroprotsessor samarali ishlashi uchun zarur
bo‘ladigan axborot yozish, qidirish va hisoblab chiqarish tezligini ta’minlay
olmaydi;
registrlar - uzunligi turlicha bo‘la oladigan tez ishlovchi xotira uyalari
(standart uzunligi 1 bayt ga teng va ish tezligi ancha past bo‘lgan AXQ uyalaridan
farq qiladi);
mikroprotsessorning interfeys tizimi - ShKning boshqaqurilmalari bilan
ulanib, aloqa bog‘lashni ta’minlaydi; o‘z ichiga MPning ichki interfeysi va
xotirada saqlovchi bufer registrlarni hamda kiritish-chiqarish portlari (KChP) va
tizim shinasini boshqarish sxemasini mujassam etadi;
interfeys (ingl. interface) - kompyuterda mavjud qurilmalarni o‘zaro ulab,
ular o‘rtasida aloqa bog‘lash va unumli hamkorligini ta’minlash uchun
mo‘ljallangan vositalar majmui.
kiritish-chiqarish porti (ingl. I/O - Input/Output port) - mikroprotsessorga
ShKning boshqa qurilmasini bog‘lash imkonini beruvchi ulash apparati.