Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar


 MIKROPROTSESSORNING TUZILIShI



Yüklə 3,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/140
tarix16.09.2023
ölçüsü3,47 Mb.
#144022
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   140
Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar

 
2. MIKROPROTSESSORNING TUZILIShI 
Boshqaruv qurilmasi 
 
Boshqaruv qurilmasi funksional jihatdan ShKning eng murakkab qurilmasi 
sanaladi. Ushbu qurilma yo‘riqlarning kodli shinasi (YKSh) vositasida 
mashinaning barcha bloklariga yetib boradigan boshqaruv signallarini 
shakllantiradi. 
Komandalar registri - xotirada saqlaydigan registr bo‘lib, unda komanda 
kodi, ya’ni bajarilayotgan operatsiya kodi hamda operatsiyada ishtirok etayotgan 
operandlarning manzillari saqlanadi. 
Komandalar registri MPning interfeys qismida, komandalar registrlari uchun 
mo‘ljallangan blok ichida joylashgan. 
Operatsiyalar deshifratorlari - mantiqiy blok bo‘lib, komandalar registridan 
kelayotgan operatsiya kodiga (OK) muvofiq o‘zida mavjud ko‘plab chiqish 
yo‘llaridan birini tanlaydi. 
Mikrodasturlarni xotirada doimo saqlovchi qurilma (XDSQ) -ShK 
bloklarida axborotga ishlov berish operatsiyalari bajarilishi uchun zarur bo‘ladigan 
boshqaruvchi signallarni (impulslarni) o‘z uyalarida saqlaydigan qurilma sanaladi. 
Deshifrator tomonidan operatsiya kodiga muvofiq tanlangan operatsiya impulsi 
boshqaruvchi signallarning zaruriy izchilligini mikrodasturlarni XDSQ ichidan 
solishtirib chiqaradi. 
Manzil shakllantiruvchi uzel (MPning interfeys qismi ichida joylashgan) - 
komandalar registri va MPX registrlaridan kelayotgan rekvizitlar bo‘yicha xotira 
(registr) uyasining to‘liq manzilini hisoblab chiqaradigan qurilma. 
Ma’lumotlarning kodli shinasi, manzillar va yo‘riqlar - mikroprotsessordagi 
ichki shinaning bir qismi sanaladi. Aksariyathollarda BQ quyidagi asosiy 
amallarning bajarilishi uchun mo‘ljallangan boshqaruv signallarini shakllantiradi: 
MPX komandasining manzilidagi hisoblagich-registr ichidan dasturning 
navbatdagi komandasi saqlanayotgan xotiraga tezkor saqlash qurilmasi (XTSQ) 
uyasining manzilini tanlab olish; 
XTSQ uyasi ichidan navbatdagi komandaning kodini tanlab olish hamda 
solishtirib chiqarilgan komandani komandalar registriga qabul qilib olish; 
operatsiya kodlari va tanlangan komanda alomatlarining shifrini ochish; 
XTSQning shifri ochilgan operatsiya kodiga muvofiq keluvchi uyalari 
ichidan boshqaruvchi signallarning (impulslarning) mashinada mavjud barcha 
bloklarda ma’lum operatsiya ijrosining tartibini hamda boshqaruvchi signallarning 
ushbu bloklarga qayta yuborilish tartibini belgilab beruvchi mikrodasturlarni 
solishtirib chiqarish; 
komandalar registri va MPX registrlari ichidan hisoblarda ishtirok etayotgan 
operandlar (sonlar) manzillarining alohida tarkibiy qismlarini solishtirib chiqarish 
hamda operandlarning to‘liq manzillarini shakllantirish; 


operandlarni (shakllangan manzillar bo‘yicha) tanlash va ushbu 
operandlarga ishlov berishga oid ma’lum operatsiyani bajarish; 
amalga oshirilgan operatsiya natijalarini xotiraga saqlash; 
dasturning navbatdagi komandasiga taalluqli manzilni shakllantirish. 

Yüklə 3,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin