uzilishlarning ustuvor arbitraj " tizimi ta’minlaydi. Mulohaza yuritilayotgan tizimga muvofiq dastur ishi
uzilishiga sababchi bo‘lgan har bir manba, unga xizmat ko‘rsatilish navbatini
belgilab beradigan o‘z ustunligiga (doimiy yoki o‘zgaruvchan ustunlikka) ega. Bir
vaqtning o‘zida bir nechta uzilish so‘rovlari kelgan paytda dastavval ustunlik
darajasi yuqori, shundan so‘ng past darajali uzilish so‘rovlariga xizmat ko‘rsatiladi.
Ustunlik darajasi yuqori so‘rov asosiy dastur ishini qanday to‘xtatib qo‘ysa, ishi
boshlangan past darajali uzilishga ishlov berish kichik dasturining ishini ham xuddi
shu tariqa to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Ayni paytda "kiritilgan uzilish" deb
ataladigan uzilish vujudga keladi.
CSEG va DSEGdan tashqari deyarli barcha zamonaviy mikroprotsessorlar
RSEG (ingl. Register Sgment)
dasturiy-ochiq registrlar to‘plami deb ataladigan
atayin ajratib qo‘yilgan kichik hajmli ma’lumotlar makoniga ega. CSEG va
DSEGdan farqliroq RSEG registrlari MzP ichida, uning arifmetik-mantiqiy
qurilmasining bevosita yaqinida joylashgan. Bu esa, o‘z navbatida, ushbu registrlar
ichidagi axborotga jismonan tez kirib borilishini ta’minlaydi. RSEG registrlari
ichida, odatda, MzP tomonidan tez- tez ishlatib turiladigan hisoblarning oraliq
natijalari saqlanadi. RSEG sohasi DSEGning ma’lumotlar makonidan to‘liq
ajratilgan bo‘lishi yoki u bilan qisman kesishib o‘tishi yoxud uning tarkibiy qismi
sifatida kiritilgan bo‘lishi mumkin. RSEGning ichki mantiqiy tuzilishi turlicha
bo‘lib, mikroprotsessorlarning arxitekturasini tasniflashda muhim o‘rin egallaydi.
Mikroprotsessor registrlari funksional jihatdan bir xil bo‘lmaydi, xususan:
ularning bir turi ma’lumotlarni yoki manzilga oid axborotni saqlash uchun xizmat
qilsa, boshqa turi - MzP ishini boshqarish uchun xizmat qiladi. Shunga muvofiq
barcha registrlarni