Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar


fon  Neyman arxitekturasi



Yüklə 3,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/140
tarix16.09.2023
ölçüsü3,47 Mb.
#144022
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   140
Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar

 fon
 Neyman arxitekturasi
deb ataladi (dasturlarni ma’lumotlar formatiga 
muvofiq keladigan formatda kodlash taklifini kiritgan matematik nomi berilgan). 
Bunda, dasturlar ham, ma’lumotlar ham yagona bo‘shliqda saqlanib, xotira 
uyasidagi axborot turiga ishora qiluvchi biror-bir alomat bo‘lmaydi. Bunday 
arxitekturaning afzalliklari jumlasiga mikroprotsessorning ichki tuzilishi nisbatan 
soddaligi va boshqaruvchi signallar sonining kamligi kiradi. 
Dasturlar xotirasi CSEG (ingl. Code Segment) va ma’lumotlar xotirasi 
DSEG (ingl. Data Segment) o‘zaro ajratilgan hamda har biri o‘zining manzilli 
bo‘shlig‘i va kirish usullariga ega bo‘lgan tarzda yaratilgan tuzilish
Garvard 
arxitekturasi
deb ataladi (shunday arxitekturani yaratish taklifini kiritgan Garvard 
Universiteti laboratoriyasining nomi berilgan). Ushbu arxitektura nisbatan 
murakkab bo‘lib, qo‘shimcha boshqaruv signallarini talab qiladi. Biroq, u axborot 
bilan ancha uddaburon harakatlar bajarish, ixcham kodlashtiriladigan mashina 
komandalari to‘plamini joriy etish va qator hollarda mikroprotsessor ishini 
jadallashtirish imkonini beradi. Intel firmasining MCS-51 oilasiga mansub 
mikrokontrollerlar mulohaza yuritilayotgan arxitekturalarning bir vakili sanaladi. 
Bugungi kunda aralash arxitekturali mikroprotsessorlar ishlab chiqarilib, 
ularda CSEG va DSEG yagona manzilli bo‘shliqqa joylangan, ammo ular turli 


murojaat mexanizmlariga ega. Bunga aniq misol tariqasida Intel firmasining80x86 
oilasiga mansub mikroprotsessorlarni keltirish mumkin. 
Jismonan mikroprotsessor xotira qurilmasi hamda kiritish-chiqarish tizimi 
bilan tizim shinalarining yagona to‘plami -
tizim ichidagi magistral
orqali 
hamkorlik qiladi. Ushbu magistral aksariyat hollarda quyidagilardan tashkil topadi: 
DB (ingl. Data Bus) rusumli ma’lumotlar shinalaridan (ushbu shinalar orqali 
MzP, xotira va kiritish-chiqarish tizimi o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvi amalga 
oshadi); 
AB (ingl. Address Bus) rusumli manzillar shinalaridan (murojaat 
qilinayotgan xotira va kiritish-chiqarish portlari uyalarining manzillarini uzatish 
uchun qo‘llaniladi); 
CB (ingl. Control Bus) rusumli boshqaruv shinalaridan (axborot almashinuvi 
sikllarini amalga oshirib, tizim ishini boshqaradigan signallar ayni shu shinalar 
orqali uzatiladi); 
Shinalarning ayni shunday to‘plami XTTK kanalini tashkil toptirish uchun 
ham qo‘llaniladi. Bunday turdagi magistral 

Yüklə 3,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin