Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar



Yüklə 3,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/140
tarix16.09.2023
ölçüsü3,47 Mb.
#144022
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   140
Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar

O
pK 
1
OMM 
2
OMM 
… 
N
OMM 
bunda, OpK - operatsiya kodi; 
1OMM - birinchi operand manzilining maydoni
2OMM - ikkinchi operand manzilining maydoni; 
NMM - natija manzilining maydoni; 
OpKdan tashqari boshqa mustaqil maydonlarning mavjud bo‘lishi muayyan 
komanda tomonidan va MP turi bilan belgilanadi. Operandlar manzillari 
maydonlari hamda natija manzilining maydonidagi axborot muayyan komanda 
ichida qo‘llaniladigan manzil belgilashning ma’lum usuli bilan belgilanadi. 
MPlarning bugungi modellarida qo‘llaniladigan manzil belgilashning keng 
tarqalgan usullari jumlasiga quyidagi usullar kiradi:
registrli manzil belgilash
. Bunda operand registr ichida bo‘ladi. Registr 
manzili esa operatsiya kodi tarkibiga kiritilgan. Komanda ichida manzil maydoni 
bo‘lmaydi;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri manzil belgilash
. Bunda operandning jismoniy manzili 
tegishli manzil maydonida joylashadi;
bevosita manzil belgilash
. Bunda operandning bevosita qiymati tegishli 
manzil maydonida joylashadi;
bilvosita manzil belgilash
. Bunda operandning jismoniy manzili DP (Data 
Pointer) bilvosita manzil registri ichida joylashadi. Registr manzili esa operatsiya 
kodi tarkibiga kiritilgan. Komanda ichida manzil maydoni yo‘q. DP sifatida 
umummaqsadli registrlar yoki maxsus manzil registri chiqishi mumkin;
bilvosita avtoinkrement/avtodekrement manzil belgilash
.
Bunda operandning DP jismoniy manzili bilvosita manzil registri ichida 
joylashadi. Ushbu registr manzili esa operatsiya kodi tarkibiga kiritilgan. Komanda 
ichida manzil maydoni yo‘q. Operatsiya ijrosidan so‘ng (yoki operatsiya 
bajarilgunga qadar) DP ichidagi ma’lumotlar, jadvalning navbatdagi elementiga 


ishora qilinishi uchun inkrementatsiyaG’dekrementatsiya bo‘ladi; 

Yüklə 3,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin