Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar


siljigan tayanch bo‘yicha manzil belgilash



Yüklə 3,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/140
tarix16.09.2023
ölçüsü3,47 Mb.
#144022
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   140
Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar

siljigan tayanch bo‘yicha manzil belgilash.
Bunda operandning tayanch 
manzili BP (Base Pointer) tayanch registri ichida joylashadi. Ushbu registr manzili 
esa operatsiya kodi tarkibiga kiritilgan. Operand manzilining tayanch registriga 
nisbatan siljish holati manzilning tegishli maydonida ro‘y beradi. BP sifatida 
umummaqsadli registrlar yoki maxsus manzil registri chiqishi mumkin; 
indeksli manzil belgilash
. Bunda operand manzili manzilning tegishli 
maydonida joylashadi. Ushbu registr manzili esa operatsiya kodi tarkibiga 
kiritilgan. Operand manzilining tayanch manziliga nisbatan siljish holati X (Index) 
indeksli registr ichida ro‘y beradi. X sifatida umummaqsadli registrlar yoki maxsus 
manzil registri chiqishi mumkin; 
indeksli tayanch bo‘yicha manzil belgilash.
Bunda operandning tayanch 
manzili BP tayanch registri ichida joylashadi. Operand manzilining tayanch 
manziliga nisbatan siljish holati X indeksli registr ichida ro‘y beradi. Registrlar 
manzillari operatsiya kodi tarkibiga kiritilgan. Komanda ichida manzil maydoni 
yo‘q. X va BP sifatida umummaqsadli registrlar yoki maxsus manzil registrlari 
chiqishi mumkin; 
segmantli manzil belgilash.
Bunda jamiki xotira muayyan hajmga ega 
segmentlarga bo‘lib chiqilgan. Segment manzili SR (Segment Register) segment 
registri ichida saqlanadi, manzilning segment boshiga nisbatan siljish holati 
manzilning tegishli maydonida yoki X indeksli registr ichida ro‘y beradi. X sifatida 
umummaqsadli registrlar yoki maxsus manzil registri chiqishi mumkin; 
Muayyan protsessor, manzil belgilashning qaysi usullari unda joriy 
etilganligiga bog‘liq holda, u yoki bu manzil registrlariga ega bo‘ladi. Manzil 
belgilashning usullari qanchalik murakkab bo‘lsa, operand manzilining hisoblab 
chiqarilishi uchun shuncha ko‘p vaqt talab qilinadi. Mikroprotsessorlar 
arxitekturasi rivojining bugungi yo‘nalishlaridan biri - joiz komandalar sonining 
qisqartirilishi orqali har qanday komandaning bitta mashina sikli davomida 
bajarilishiga erishishga asoslanadi. Bunday protsessorlar RISC- protsessorlar 
(Reduced Instruction Set Computer) deb ataladi. Bunday qurilmaga misol 
tariqasida Motorola firmasining PowerPC mikroprotsessorini keltirish mumkin. 
Kiritish-chiqarish tizimi tarkibida bir qator funksional jihatdan nihoyasiga 
yetkazilgan qurilmalarni ham ko‘rsatib o‘tish mumkin. Bunday qurilmalar 
tizimning 
yagona 
magistraliga 
bevosita 
ulanadigan 
modullar 
sifatida 
tashkillashtiriladi. Oddiy holatda ushbu modullar MzPga ulanadigan bufer 
registrlar -

Yüklə 3,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin