Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar


Pentium rusumli protsessor



Yüklə 3,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/140
tarix16.09.2023
ölçüsü3,47 Mb.
#144022
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   140
Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar

Pentium rusumli protsessor 
Intel firmasining asosiy yutuqlaridan biri Pentium rusumli protsessor 
yaratilishi bo‘ldi. Bu ish 1989 yil iyun oyida boshlandi. Pentium ni ishlab chiqish 
va sinab ko‘rish ishlarida shaxsiy kompyuterlarni ishlab chiqadigan va dasturiy 
ta’minot tuzadigan asosiy mutaxassislar faol ishtirok etishdi. Bu esa, o‘z navbatida, 
loyihaning umumiy muvaffaqiyatiga sezilarli omil bo‘ldi. 
1991 yil intihosida protsessor maketi tayyor bo‘lib, unda muhandislar 
dasturiy ta’minotni ishga tushirishga muvaffaq bo‘ldilar. Loyiha ishlari asosan 
1992 yilning fevral oyida nihoyasiga yetkazilib, protsessorlarning tajriba uchun 


yaratilgan partiyasi keng qamrovli sinovdan o‘tkazila boshlandi. Pentium sanoatini 
o‘zlashtirish yuzasidan qaror 1992 yilning aprel oyida qabul qilinib, 1993 yil 22 
mart kuni Pentium protsessorining keng qamrovli taqdimoti o‘tkazildi. 
Bitta kremniyli asosga 3,1 million tranzistorni birlashtirgan 32 razryadli 
Pentium protsessor o‘zining yuksak unumdorligi bilan tavsiflanadi. Pentium 
protsessorning superskalyar arxitekturasi faqat Intel bilan mos keladigan ikki 
konveyerli industrial arxitekturadan iborat. Bunday arxitektura protsessorga taktli 
chastotaning bir davri mobaynida bittadan ortiq komanda bajarish orqali ish 
unumdorligining yangi darajalariga chiqish imkonini berdi. Pentium protsessorda 
amalga oshirilgan yana bir juda muhim inqilobiy takomillashuv - alohida-alohida 
keshlashtirish jarayoni joriy etilgani bo‘ldi. Ichiga verguli o‘zgaruvchan 
takomillashtirilgan hisoblash bloki o‘rnatilganligi bois Pentium protsessor yuqori 
darajali hisoblash amallarini bajarish imkonini yaratdi. Tashqi tomondan Pentium 
protsessor 32 bitli qurilma bo‘lib, xotira qurilmasiga ulangan tashqi ma’lumotlar 
shinasi 64 bitli sanaladi. Pentium protsessor kompyuterlarni tovush, ovozli va 
matnli nutq, foto tasvir kabi "real dunyo" alomatlari bilan ishlashga o‘rgatdi. 

Yüklə 3,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin