Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar


Intel firmasining mikroprotsessorlari



Yüklə 3,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/140
tarix16.09.2023
ölçüsü3,47 Mb.
#144022
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   140
Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar

 
Intel firmasining mikroprotsessorlari
1971 yilning noyabr oyida Intel korporatsiyasi o‘zining uch nafar muhandisi 
tomonidan ishlab chiqilgan va tijorat maqsadlarida tarqatish uchun mo‘ljallangan 
dunyoda eng birinchi 4004 rusumli mikroprotsessor yaratganini e’lon qildi. 
Bugungi standartlarga ko‘ra juda sodda sanaladigan ushbu mikroprotsessor 
tarkibida atigi 2300 ta tranzistor bo‘lib, soniyada bor-yo‘g‘i 60 000 ta hisoblash 
operatsiyalarini bajargan xolos. 
Bugungi mikroprotsessorlar ommaviy ishlab chiqarilayotgan juda murakkab 
mahsulot bo‘lib, o‘z ichiga 5,5 milliondan ortiq tranzistorni mujassam etadi
soniyada yuzlab million operatsiyalar bajaradi. Bu borada olib borilayotgan 
tadqiqotlar esa tobora jadal kechmoqda. 
4004 rusumli mikroprotsessor
1971 yili Intel korporatsiyasining birinchi mikroprotsessori yaratildi. 4004 
rusumli ushbu mikroprotsessor to‘rt bitli bo‘lgan, ya’ni u to‘rt bitli sonlarni saqlay 


olgan, ularga ishlov bergan, xotira qurilmasiga saqlagan yoki unan hisoblab 
chiqargan bo‘lib, kalkulyatorlarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan. 4004 rusumli chip 
(yoki kristall) o‘sha davrda dunyoda eng zo‘r kompyuter sanalgan Amerika 
hukumatining ENIAC rusumli kompyuteridan ham kuchli vosita sifatida e’tirof 
etildi. Jumladan, ushbu kompyuter soniyada 5000 yo‘riq bajargan bo‘lsa, 4004 esa 
60000 yo‘riqqa ishlov bergan. Ayni paytda chip barmoq uchida joylashgan bo‘lsa 
(uning o‘lchami 1G’6 ga 1G’8 dyuym bo‘lgan), ENIAC 3000 kvadrat fut 
maydonni egallab, vazni 30 tonnadan ortiq bo‘lgan. Xoffning ushbu ixtirosi o‘z 
vaqtida Noysning integral sxemasi kabi katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Protsessorga 
o‘shanda "chip ustidagi kompyuter" nomini oldi. Negaki endi, zikr etilgan 
kompyuter tomonidan amalga oshirilgan jamiki arifmetik va mantiqiy vazifalar 
mixning qalpog‘idek keladigan chip ichidan joy olgan edi. Darhaqiqat, 4004 
umuman sun’iy intellekt tizimlarini, xususan shaxsiy kompyuter yaratilishi uchun 
yo‘l ochib bergan inqilobiy ixtiro bo‘lgan edi. 

Yüklə 3,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin