Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar


kiritish- chiqarish portlari



Yüklə 3,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/140
tarix16.09.2023
ölçüsü3,47 Mb.
#144022
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   140
Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar

kiritish- chiqarish portlari
sanaladi. Portlar blokida mavjud dasturiy 
boshqariladigan yanada murakkab kichik kiritish-chiqarish tizimlari 
tashqi 
adapterlar
nomini olgan. Kiritish-chiqarish vositalari maxsus tashqi jihozlarni 
boshqarish va kiritish-chiqarishga oid o‘ziga xos vazifalarni amalga oshirish uchun 
mo‘ljallangan bo‘lsa -
tashqi kontrollerlar
deb ataladi. Bugungi kunda o‘zining 
xotirasida saqlanadigan o‘z dasturi bo‘yicha ishlaydigan, umuman olganda alohida 
mikroprotsessor tizimi sifatida ko‘riladigan
kiritish-chiqarish soprotsessorlari

tashqi kiritish-chiqarish qurilmalari bilan axborot almashinuvchi zamonaviy 
vositalarning eng murakkab turlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Bunday 
tizimga misol tariqasida Analog Devices firmasining mahsuloti, mikroprotsessor 


tizimini o‘zgaruvchan tok bilan ishlovchi yuritmani boshqaradigan ventilli 
o‘zgartirgich bilan ulash uchun mo‘ljallangan ADMC-200 vektorli soprotsessorni 
keltirish mumkin. Ushbu soprotsessor o‘z ichiga qator kanallar, o‘zgaruvchan tok 
bilan ishlaydigan sinxron va asinxron dvigatelni vektorli boshqarish algoritmini 
amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan Park-Klark vektorli o‘zgarishlarni vujudga 
keltiruvchi murakkab qurilma va bloklarni mujassam etadi. Biroq, kiritish-
chiqarishga oid muayyan kichik tizimning qanchalik murakkab bo‘lishidan qat’iy 
nazar, ularning barchasi MzP uchun, odatda, DSEG ma’lumotlar xotirasining bir 
qismi sanaladigan u yoki bu registrlar to‘plami sifatida shakllanadi. 
Bitta komanda yordamida MzP ishlov bera oladigan axborot bitlarining 
miqdori
mikroprotsessor tizimining razryadlik darajasi
deb e’tirof etilgan. 
Mikroprotsessorning razryadlik darajasi undagi arifmetik mantiqiy qurilma, ichki 
ma’lumotlar registrlari va tashqi ma’lumotlar shinasining razryadlik darajasi bilan 
belgilanadi. Bugungi kunda 8, 16, 32 va 64 razryadli mikroprotsessorlar mavjud. 
Mikroprotsessorning razryadlik darajasidan yuqori razryadlik darajasiga ega 
axborotga ishlov berish uchun razryadlik darajasi yuqori bo‘lgan hisoblab 
chiqarish amallarining maxsus algoritmini joriy etish zarur. Bunday algoritmlar 
amalga oshishi uchun ko‘p vaqt talab qilinadi. Shu bois ham muayyan razryadlik 
darajasiga ega hisoblab chiqarish ishlari mobaynida mikroprotsessor tizimining 
razryadlik darajasini oshirish amallari tizimning tez ishlash qobiliyatini oshirish 
bilan bevosita bog‘liqdir. 
Protsessor ma’lumotlarni qaysi formatda o‘ziga qabul qilib, ishlov berish
qobiliyatiga egaligiga bog‘liq holda mikroprotsessorlar:

Yüklə 3,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin