tizimini o‘zgaruvchan tok bilan ishlovchi yuritmani boshqaradigan ventilli
o‘zgartirgich bilan ulash uchun mo‘ljallangan ADMC-200 vektorli soprotsessorni
keltirish mumkin. Ushbu soprotsessor o‘z ichiga qator kanallar, o‘zgaruvchan tok
bilan ishlaydigan sinxron va asinxron dvigatelni vektorli boshqarish algoritmini
amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan Park-Klark vektorli o‘zgarishlarni vujudga
keltiruvchi murakkab qurilma va bloklarni mujassam etadi. Biroq,
kiritish-
chiqarishga oid muayyan kichik tizimning qanchalik murakkab bo‘lishidan qat’iy
nazar, ularning barchasi MzP uchun, odatda, DSEG ma’lumotlar xotirasining bir
qismi sanaladigan u yoki bu registrlar to‘plami sifatida shakllanadi.
Bitta komanda yordamida MzP ishlov bera oladigan
axborot bitlarining
miqdori
mikroprotsessor tizimining razryadlik darajasi
deb e’tirof etilgan.
Mikroprotsessorning razryadlik darajasi undagi arifmetik mantiqiy qurilma,
ichki
ma’lumotlar registrlari va tashqi ma’lumotlar shinasining razryadlik darajasi bilan
belgilanadi. Bugungi kunda 8, 16, 32 va 64 razryadli mikroprotsessorlar mavjud.
Mikroprotsessorning razryadlik darajasidan yuqori razryadlik darajasiga ega
axborotga ishlov berish uchun razryadlik darajasi yuqori bo‘lgan hisoblab
chiqarish amallarining maxsus algoritmini joriy etish zarur.
Bunday algoritmlar
amalga oshishi uchun ko‘p vaqt talab qilinadi. Shu bois ham muayyan razryadlik
darajasiga ega hisoblab chiqarish ishlari mobaynida mikroprotsessor tizimining
razryadlik darajasini oshirish amallari tizimning tez ishlash
qobiliyatini oshirish
bilan bevosita bog‘liqdir.
Protsessor ma’lumotlarni qaysi formatda o‘ziga qabul qilib, ishlov berish
qobiliyatiga egaligiga bog‘liq holda mikroprotsessorlar:
Dostları ilə paylaş: